2.1. Dehqon xo’jaligini tashkil etish va rivojlanish asoslari
Dehqon xo’jaligi oilaviy mayda tovar xo’jaligi bo’lib, oila a’zolarining shaxsiy mehnati
asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig’iga berilgan
tomorqa yer uchastkasida qishloq xo’jaligi mahsuloti yetishtiradi va realizasiya qiladi.
Dehqon xo’jaligidagi faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi hamda dehqon xo’jaligi
a’zolarining istagiga ko’ra yuridik shaxs tashkil etgan holda va yuridik shaxs tashkil etmasdan
amalga oshirilishi mumkin.
Dehqon xo’jaligi o’z faoliyatida yollanma mehnatdan doimiy asosda foydalanishi mumkin
emas.
Dehqon xo’jaliklarini tashkil etish, ularning faoliyati va tugatilishi bilan bog’liq
munosabatlar dehqon xo’jaligi to’g’risidagi qonun hujjatlari hamda boshqa qonun hujjatlari bilan
tartibga solinadi.
Dehqon xo’jaligi a’zolari jumlasiga birgalikda yashayotgan va dehqon xo’jaligini birgalikda
yuritayotgan oila boshlig’i, uning xotini (eri), bolalari, shu jumladan
farzandlikka olingan
bolalari, tarbiyaga olgan bolalari, ota-onalari, mehnatga qobiliyatli yoshga yetgan boshqa
qarindoshlari kiradi.
Yuridik va jismoniy shaxslar bilan o’zaro munosabatlarda Dehqon xo’jaligi
nomidan shu
xo’jalik boshlig’i ish ko’radi.
Dehqon xo’jaligi boshlig’i qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkasiga meros
qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi berilgan oila boshlig’i yoki oilaning muomalaga
layoqatli a’zolaridan biridir.
Dehqon xo’jaligining boshlig’i vaqtincha mehnat qobiliyatini yo’qotgan taqdirda yoki uzoq
vaqt bo’lmaganda u o’z majburiyatlarini bajarish vakolatini shu xo’jalik a’zolaridan biriga,
Dehqon xo’jaligining a’zosi bir kishidan iborat bo’lganda esa, shartnoma asosida talablariga
javob beradigan har qanday shaxsga berishga haqlidir.
Dehqon xo’jaligi ixtiyoriylik asosida, xo’jalik boshlig’ining
tuman hokimiga yozma
murojaatiga asosan tashkil etiladi. Arizada so’ralayotgan yer uchastkasining joylashgan manzili,
maydoni, dehqon xo’jaligining tarkibi hamda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish
uchun yer uchastkasidan belgilangan maqsadda foydalanishning yo’nalishlari ko’rsatiladi.
Yer uchastkalari berish masalalarini ko’rish bo’yicha tuman komissiyasining xulosasini
inobatga olgan holda tuman hokimi dehqon xo’jaligini tashkil etish to’g’risida qaror qabul qiladi.
Tuman hokimining dehqon xo’jaligini tashkil etish to’g’risidagi qarori tumanning moliyaviy,
bank, soliq va boshqa tuzilmalari uchun majburiy hujjatdir.
Dehqon xo’jaligi belgilangan tartibda davlat ro’yxatiga olingan paytdan e’tiboran tashkil
etilgan deb hisoblanadi.
Dehqon xo’jaligining boshlig’ini davlat ro’yxatiga olish dehqon xo’jaligi boshlig’ining
doimiy yashash joyidagi tuman hokimligi tomonidan ariza berilgan paytdan e’tiboran
uch kun
ichida amalga oshiriladi. Dehqon xo’jaligi boshlig’iga yer uchastkasiga umrbod egalik qilish
huquqini beruvchi davlat hujjati hamda davlat ro’yxatidan o’tkazilganlik to’g’risidagi
belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.
Shirkat xo’jaliklari a’zolarining, boshqa qishloq xo’jaligi va o’rmon xo’jaligi korxonalari,
muassasalari va tashkilotlari xodimlarining oilalariga, shunigdek
qishloq joylarda yashovchi
o’qituvchilar, shifokorlar va boshqa mutaxassislarning oilalariga dehqon xo’jaligi yuritish uchun
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga
tomorqa yer uchastkasi imorat va hovli egallagan maydonni ham qo’sh-ganda sug’oriladigan
yerlarda 0,35
gektarchaga va sug’orilmaydigan (lalmikor) yerlarda 0,5 gektargacha o’lchamda, cho’l va sahro
mintaqasida va sug’orilmaydigan (lalmikor) yerlarda 1 gektargacha o’lchamda beriladi.
Fuqarolarga dehqon xo’jaligini yuritish uchun 0,06 gektar doirasida tomorqa yer
uchastkalarida meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi kim oshdi savdosi asosida
realizasiya qilinishi mumkin.
Yangi tashkil etilayotgan dehqon xo’jaligi uchun tomorqa yer uchastkasi olish huquqi dan
mazkur joyda kamida uch yil mobaynida doimiy yashab kelayotgan
shaxslar foydalanadilar
(yangi o’zlashtirilayotgan yer maydonlari bundan mustasno).
Dehqon xo’jaligiga ajratilgan yerning chegaralari joyning o’zida yer tuzish xizmati organlari
tomonidan mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan rasmiylashtiriladi.
Tomorqa yer uchastkasidan oqilona va samarali foydalanayotgan dehqon xo’jaligiga qishloq
xo’jalik mahsuloti yetishtirish va realizasiya qilish, yem ishlab chiqarishni tashkil etish,
shunigdek yaylov yaratish uchun qisqa muddatli ijaraga qo’shimcha ravishda yer uchastkalari
berilishi mumkin.
Fuqarolarga dehqon xo’jaligi yuritish uchun yer berish yoki yerni
realizasiya qilish tartibi
O’zbekiston Respublikasining «Yer kodeksi», «Dehqon xo’jaligi» to’g’risidagi va boshqa qonun
hujjatlari bilan belgilanadi.
Dehqon xo’jaligiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan tomorqa yer
uchastkalari xususiylashtirilishi va oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti bo’lishi
mumkin emas. Yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi kredit
olish uchun garovga qo’yilishi mumkin.
Tomorqa yer uchastkasining o’lchami va chegaralari faqat dehqon xo’jaligi boshlig’ining
roziligi bilan o’zgartirilishi mumkin.
Dehqon xo’jaligiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida berilgan
tomorqa yer uchastkasidan foydalanganlik uchun haq yer solig’i tariqasida undiriladi.
Dehqon xo’jaliklari uchun suvdan foydalanish limitlari vakolatli organlar tomonidan
belgilanadi.
Dehqon xo’jaligiga beriladigan suvnining sarfini hisobga olish
hamda suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliq to’lash tartibi, shuningdek mazkur soliq bo’yicha imtiyozlar qonun
hujjatlari bilan belgilanadi.