Agrofirmalarning maqsadi va asosiy vazifalari
Agrofirma asosan qishloq joylarda, uning qatnashchilari sa’y-harakatlarini, ularning moddiy
va ma’naviy resurslarini birlashtirish asosida tashkil etiladi.
Agrofirma faoliyatining asosiy maqsadi hududdagi fermer xo’jaliklariga xizmat ko’rsatish,
qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash, eksport qilish hamda boshqa turdagi xo’jalik
faoliyatini amalga oshirishdan daromad olishdir.
O’z maqsadini amalga oshirish va vazifalarini bajarish uchun agrofirmaning asosiy vazifalari
quyidagilar hisoblanadi:
-
shartnoma asosida fermer xo’jaliklarining buyurtmasiga ko’ra mexanizasiya va
agrotexnik tadbirlarni bajarish va boshqa xizmatlar ko’rsatishni muvofiqlashtirish;
-
marketingni tashkil etish, bozor kon’yunkturasini o’rganish, yetishtirilgan mahsulotlarni
sotishda xo’jaliklar, korxonalar va tashkilotlarga ko’maklashish;
-
fermer xo’jaliklari tomonidan qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orish tartiboti (rejim)
asosida aniqlangan hamda umumiy ajratilgan cheklangan suv miqdorini
belgilash va barcha
iste’molchilarga suv manbalari bo’yicha teng miqdorda taqsimlanishini ta’minlash;
- lizing asosida transport vositalari va mexanizmlar olishda xizmat ko’rsatish;
-
ixtisoslashgan fermer xo’jaliklari, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash
korxonalari va xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar o’rtasida shartnomalar tuzilishini tashkil etish;
-
suv, urug’, o’g’it, yonilg’i-moylash materiallari, biomateriallar bilan ta’minlash bo’yicha
amaliy yordam berish;
-
qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni o’simliklarni himoya qilish
vositalari bilan ta’minlash;
-
fermer xo’jaliklariga
meva-uzum, sabzavot, poliz, kartoshka va boshqa ekinlarning
agrotexnikasi bo’yicha maslahatlar berish;
-
fermer xo’jaliklarini yuqori hosil beradigan, sifatli qishloq xo’jaligi ekinlari urug’lari va
mevali daraxtlar, toklarning ko’chatlari bilan ta’minlash;
-
viloyat va tumanda yetishtirilmagan urug’ turlarini boshqa viloyatlardan keltirish
hisobiga iste’mol uchun qishloq xo’jalik mahsulotlari
yetishtiruvchi aholini, fermerlarni to’liq
miqdorda sifatli va navdor urug’lar bilan ta’minlash maqsadida dala-do’konlari tashkil etish;
-
a’zolarning talab ehtiyojidan kelib chiqib, urug’chilikda qo’llaniladigan urug’
ajratadigan, tozalaydigan,
qadoqlaydigan, saqlaydigan maxsus mexanizm va moslamalar bilan
jihozlangan urug’chilik punktlarini tashkil etish;
-
ilg’or texnologiyalarni joriy etish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh urug’lik
mahsulotlarining yangi navlarini yetishtirishga ko’maklashish;
-
urug’chilik bo’yicha
mutaxassis kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini
oshirishni tashkil qilish;
-
dehqon va fermer xo’jaliklariga biznes-rejalar tuzishda xizmat ko’rsatish;
-
fermer xo’jaliklariga almashlab ekishni to’g’ri tashkil qilish maqsadida ekinlarni to’g’ri
joylashtirish;
-
fermer xo’jaliklariga ularning texnika vositalarini ta’mirlashda xizmat ko’rsatish;
-
ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish;
-
tara-idishlar ta’minotini va transport
xizmatini tashkil qilish;
-
brokerlik xizmatini ko’rsatish;
-
qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash va sotish bilan shug’ullanish;
-
vositachilik faoliyati bilan shug’ullanish;
-
qo’shma korxonalar tuzish bilan shug’ullanish;
-
investisiyalarni jalb etishda xo’jaliklarga va boshqa korxonalarga ko’maklashish;
-
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini eksport qilish;
-
O’zbekiston Respublikasi qonunlarida ta’qiqlanmagan boshqa faoliyat bilan
shug’ullanish.