Dehqon xo’jaligi o’zi yetishtirayotgan va realizasiya qilayotgan mahsulot sifatiga oid
amaldagi me’yorlar va standartlarga,
ekologiyaga, sanitariyaga oid hamda qonun hujjatlarida
belgilab qo’yilgan boshqa talab va qoidalarga rioya etishi lozim.
Dehqon xo’jaliklarining xo’jalik faoliyatiga davlat organlari va tashkilotlarining hamda
boshqa organlar va tashkilotlarning, mansabdor shaxslarining aralushuviga yo’l qo’yilmaydi.
Yuridik shaxs tariqasida ro’yxatga olingan dehqon xo’jaligi tashqi iqtisodiy faoliyatini
boshqa shakllarda xo’jalik yurituvchi korxonalar bilan teng shartlarda amalga oshiradi.
Dehqon xo’jaligining faoliyati xo’jalik a’zolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Dehqon
xo’jaligidagi muayyan ishni bajarishga boshqa shaxslar mehnat shartnomasi
asosida vaqtincha
jalb etilishi mumkin.
Dehqon xo’jaligi o’zi yetishtirayotgan mahsulotni realizasiya qilish uchun yuridik va
jismoniy shaxslar bilan ixtiyoriylik asosida xo’jalik shartnomalari tuzish huquqiga ega. Taraflar
shartnoma majburiyatlari buzilgan taqdirda, qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan
tartibda javobgar bo’ladilar.
Dehqon xo’jaligi o’z yetishtirayotgan mahsulotga bozordagi talab va taklif nisbatidan kelib
chiqib mustaqil ravishda baho belgilaydi.
Dehqon xo’jaliklari ixtiyoriylik asosida, shu jumladan ulushli (pay) asosda mahsulot
yetishtirish,
xarid qilish, uni qayta ishlash va sotish, moddiy-texnika ta’minoti, qurilish,
texnikaviy, suv xo’jaligi, veterinariya, agrokimyo, maslahat berish yo’sinidagi va boshqa xil
xizmat ko’rsatish
bo’yicha kooperativlarga (shirkatlarga),
jamiyatlarga, ittifoqlarga, uyushmalarga va boshqa
birlashmalarga birlashish, kirish huquqiga ega.
Dehqon xo’jaligidan yer solig’i tomorqa yer uchastkasining sifatiga, joylashgan manziliga va
suv bilan ta’minlash darajasiga qarab, uning kadastr bahosini hisobga olgan holda belgilanadigan
miqdorda undiriladi.
Birinchi marta tomorqa yer uchastkasi olgan dehqon xo’jaligi davlat ro’yxatiga olingan
paytdan e’tiboran ikki yil muddatga yer solig’i to’lashdan ozod qilinadi.
Yuridik shaxs tashkil etgan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari faoliyatni amalga oshirish
uchun kredit olishlari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki va pul mablag’larini
ixtiyoriylik asosida va shartnoma shartlarida, shu jumladan dehqon xo’jaliklarini
kreditni
uzishning zarur garov, sug’urta hamda boshqa kafolatlarini ta’minlangan holda imtiyozli
kreditlashga jalb etishlari, shuningdek xususiy kichik tadbirkorlik uchun belgilangan
imtiyozlarning barcha turlaridan foydalanishlari mumkin.
Dehqon xo’jaligini ishlab chiqarish ahamiyatiga molik obyektlar qurilishi,
asosiy ishlab
chiqarish vositalarini xarid etish uchun uzoq muddatli kreditlash va joriy ishlab chiqarish
faoliyati uchun qisqa muddatli kreditlash kredit shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Dehqon xo’jaligi o’ziga qarashli va ijaraga olingan ishlab chiqarish vositalarining, qishloq
xo’jaligi ekinzorlarining (ko’chatzorlarining), ko’p yillik dov-daraxtlarning, yetishtirilgan
mahsulotning,
xomashyoning, materiallarning yo’qotilishi (nobud bo’lishi), kam chiqishi yoki
shikastlanishi xavfini, tadbirkorlik xavfini, shuningdek shartnomalarni buzganlik uchun o’zining
javobgarlik xavfini ixtiyoriylik asosida sug’urta qildiradi hamda qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda va shartlarda sug’urta tovoni oladi.
Davlat qishloq xo’jaligi mahsuloti yetishtirish va uni realizasiya qilish bilan shug’ullanuvchi
dehqon xo’jaliklarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini
kafolatlaydi. Davlat organlari dehqon xo’jaligini rivojlantirish va mustahkamlashga
ko’maklashadilar.
Dehqon xo’jaliklari faoliyatini muvofiqlashtirib borish hamda ularning huquqlari va
manfaatlarini himoya qilish O’zbekiston Dehqon va fermer xo’jaliklari uyushmasi hamda Savdo
sanoat palatasi va ularning joylardagi hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Agrofirma, fermer xo’jaliklari va aholi tomonidan yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlari
va uzumni qayta ishlash hamda sotish asosiy faoliyati bo’lgan yuridik shaxs hisoblanadi.
Quyidagilar agrofirmaning yuridik asosi bo’lishi mumkin:
-
meva-sabzavot mahsulotlari va uzum, shuningdek boshqa qishloq xo’jaligi mahsulotlari
yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo’jaliklari;
-
barqaror xo’jalik aloqalariga va ilg’or ishlab chiqarish texnologiyalariga ega bo’lgan
meva- sabzavot mahsulotlari va uzumni qayta ishlash korxonalari;
- yuridik shaxs bo’lmagan yakka tartibdagi
tadbirkorlar;
-
O’zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari;
- xorijiy investorlar;
-
agrofirmalarda qatnashishi qonunda taqiqlanmagan boshqa shaxslar.
Agrofirmani ta’sis etishda uning qatnashchilari o’z mustaqilligini saqlab qoladi.
Agrofirmalar uning qatnashchilari tomonidan ixtiyoriy tartibda tashkil etiladi.
Agrofirmalar tijorat tashkilotlari hisoblanadi va qonunda nazarda tutilgan har qanday
tashkiliy
- huquqiy shaklda tashkil etilishi mumkin.
Agrofirmalar ular Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20 avgustdagi 357-son qarori bilan
tasdiqlangan tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish, hisobga qo’yish va ruxsat
beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to’g’risida Nizomga muvofiq davlat ro’yxatidan
o’tkazilgan vaqtdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.
Agrofirmalarni ta’sis etishda muassislar tegishli tashkiliy-huquqiy
shakldagi subyektlarni
tashkil etish uchun belgilangan qonun hujjatlari talablarini bajarish kerak.
Agrofirmalar tarkibida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, tashish, tayyorlash
ularning marketingini olib borish va boshqalar bo’yicha bo’linmalar tashkil etilishi mumkin.
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari agrofirmalarning qonun hujjatlariga
muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashishga haqli emas.