• O‘qituvchining kasbiy mahorati va malakasini oshirib borish.
  • Metod birlashmalar va ularning faoliyati




    Download 36,34 Kb.
    bet2/10
    Sana12.01.2024
    Hajmi36,34 Kb.
    #135382
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Mavzu.Texnologiya fanida metod birlashmalar faoliyatini tashkil qilish.
    0768PP, Документ Microsoft Word 333, davlat xaridlari, Хуррамов Шахзодбек, сиёсий саволлар, Презентация Mahmud, 1-Nazorat ishlari Matem Ona tili O\'qish 3-chor uchun, aaaaaaaaaaaa, Test master, Mavzu Diniy madaniy an\'analarning jamiyat taraqqiyotiga ta\'siri-fayllar.org, 126405-1.Atom massa Molekulyar massa.Anorganik birikmalarning s, 1-Ma’ruza. Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasining rivojlan, Reja Atom tuzilishi nazariyasiga kirish, Operatsion tizimlar xavfsizligi” mavzusida Mustaqil ishi
    2. Metod birlashmalar va ularning faoliyati.
    O‘qituvchining ijodiy - tadqiqot faoliyatini tashkil qilish.
    O‘qituvchining ijodiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etilishida, yaratish, sinab ko‘rish, muhokama qilib baholash, qayta ishlash va tatbiq etish mehanizmlarini amalga oshirish lozim bo‘ladi.
    Buning uchun 1-navbatda muammo belgilanib olinadi, yechimini topish uchun rejalashtiradi. Masalan: o‘quvchilar mustaqil ishlarini tashkil etilishi metodlari, xar bir sinfda qo‘llash mumkin bo‘lgan zamonaviy o‘qitish metodlari, AKT dan foydalanish kabilar. 2-dan belgilab olingan muammoning yutuq va kamchiliklarini, yechimini topish uchun metodbirlashmalar a’zolari birgalikda bitta fanga oid mavzuni belgilab, dars jarayonini o‘tish rejasini ishlab chiqadilar.
    So‘ngra ishlab chiqqan reja asosida o‘qituvchi dars o‘tadi. Qolgan metodbirlashma a’zolari darsni kuzatadilar. Darsni kuzatish jarayonida xar bir o‘qituvchiga vazifalar beriladi. Masalan: bir o‘qituvchi dars jarayonini videotasvirga tushirish, ikkinchi o‘qituvchi darsda o‘quvchilarning mustaqil ishlash jarayonidagi faoliyatini kuzatish, uchinchi o‘qituvchi esa qo‘llanilayotgan metodga qancha vaqt ketganligini va uning samardorligini kuzatishi zarur.
    Shundan so‘ng metodbirlashma a’zolari o‘tilgan dars yuzasidan fikr bildiradilar va tuzatishga oid berilgan takliflarni muhokama qiladilar, va qayta ishlaydilar. Qayta ishlab chiqilgan dars rejasi barcha fan o‘qituvchilariga taklif etiladi.
    Bir mavzu bo‘yicha dars rejasi ishlab chiqilgandan keyin boshqa mavzu olinadi. Shu tariqa murakkab bo‘lgan mavzularni o‘tish rejasi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi. Bunday ishlash orqali zamonaviy o‘qitish texnologiyalarini o‘quv jarayoniga tatbiq etish samaradorligi oshiriladi, o‘qituvchilarning xamkorlikda o‘qitish va bir-biriga o‘rgatish imkoniyatini beradi.
    O‘qituvchining kasbiy mahorati va malakasini oshirib borish.
    O‘qituvchilar o‘z kasbiy mahoratini va malakasini oshirishi uchun o‘quvchilarga berilgan dars jarayonidagi kamchilik va yutuqlarni taxlil qilishi va monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Shunda ular quyidagi sifatlarga ega bo‘lishi zarurligini anglaydi:
    - o‘zini o‘zi kasbiy rivojlantirish:
    - pedagogik mahoratni shakllantirish:
    - zamonaviy pedagogik texnologiyalarni izlash:
    - o‘zini o‘zi kasbiy va pedagogik rivojlantirish:
    Buning uchun xar bir o‘qituvchi dars jarayonidagi o‘z yutuq va natijalarini tahlil qilish maqsadida hujjatlar va ishlar namunalarining yig‘indisidan portfolio yaratish lozim.
    Portfolio (inglizcha portfolio - portfel, zarur ishlar va xujjatlar uchun papka ) - bu o‘qituvchining ma’lum bir dars jarayonida individual yutuqlarini belgilash, to‘plash va baholash usulidir. Portfolio - ta’lim va kasbiy faoliyatning natijalarini autentlik baholash usulidan foydalaniladigan zamonaviy ta’lim texnologiyasidir. U o‘qituvchilarni o‘z-o‘zini kuzatish va o‘z ustida ishlashi uchun muhim sanaladi.
    Turli zamonaviy lug‘atlardagi ma’lumotlarga ko‘ra shuni aytish mumkinki, portfolio - bu o‘qituvchining aniq faktlar asosida yozilgan pedagogik sifati va yutuqlari xisoblanadi. Bu o‘z ichiga xujjatlar to‘plamini, kasbiy mahoratni , ta’lim muammolarini xal etish yo‘llarini qamrab oladi.

    Download 36,34 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 36,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Metod birlashmalar va ularning faoliyati

    Download 36,34 Kb.