• Ilmiy-amaliy konferensiyalar
  • 2. Metod birlashmalar va ularning faoliyati. Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va ularni ommalash-tirish.




    Download 36,34 Kb.
    bet9/10
    Sana12.01.2024
    Hajmi36,34 Kb.
    #135382
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Mavzu.Texnologiya fanida metod birlashmalar faoliyatini tashkil qilish.

    Uslubiy komissiyalar-o‘quv muassasasida fanlar, ya’ni bir-biriga yaqin fanlar bo‘yicha eng kamida beshta o‘qiuvchi bo‘lgan taqdirda tuzilishi mumkin, ba’zi hollarda chilangarlik, metallarga ishlov berish mutaxassislari bo‘yicha ham tuzilishi mumkin.
    Agarda o‘quv muassasasida bitta fandan 3 dan ortiq muhandis-pedagoglar bo‘lsa fan bo‘yicha ham tuzilishi mumkin. Masalan: matematika, fizika va boshqalar. Uslubiy komissiya raislari eng tajribali o‘qituvchi, ustalardan shakllanadi.
    Uslubiy komissiyalar o‘z fanlari bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil qilish, yangiliklarni dars jarayonida tadbiq etish, o‘qitish, uslubiy vositalarini takomillashtirish, nazariyani amaliyot bilan bog‘lash, fanlarning ketma-ket o‘tilishini belgilash, o‘quv uslubiy materiallarni muhokama qilish va boshqalar bilan shug‘ullanadi.
    Fanga oid muammolarni uslubiy komissiyalar hal qiladi. YA’ni ular: o‘quv muassasalarini o‘rganish, takomillashtirish, nazorat ishlari mazmunini tahlil etish, o‘quvchilarning o‘zlashtirishini tahlil etish, muhokama etish; ilg‘or pedagogik, ishlab chiqarish tajribalarini o‘quv jarayoniga tadbiq etish, texnik vositalardan samaradorlik bilan foydalanish va boshqalarni amalga oshiradi.
    Uslubiy komissiyalar o‘z ishlarini istiqbolli tematik va ish rejalari asosida amalga oshiradi va bu rejalarda asosiy masalalar bo‘lib quyidagilarni rejalashtirish zarur: yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, imtihonlarga tayyorgarlik, o‘quvchilar malakasini oshirish, metodik ko‘rsatmalar ishlab chiqish, ma’ruzalar mavzularini aniqlash, referatlar tematikasini belgilash, tashkiliy tadbirlar, ochiq darslar, ta’lim, o‘zaro darslar kirish va boshqalar.
    Ilmiy-amaliy konferensiyalar - o‘qituvchilar tomonidan va boshqa mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘quv tarbiyaviy jarayonni takomillashtirishga mo‘ljallangan mavzu bo‘yicha qilingan nazariy va amaliy ishlar natijasining muhokamasi, qaror, tavsiyalar qabul qilish.
    Pedagogik o‘qishlar - ilg‘or pedagogik tajribalarni aniqlash, umumlashtirish va tadbiq etish maqsadida o‘tkaziladi hamda o‘quv tarbiya jarayonini takomillashtirishga oid masalalarni muhokama qiladi.
    Pedagogik o‘qishlar tashkil qilishda o‘quv muassasalarida ko‘rgazmalar tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Didaktik vositalar o‘quv uslubiy qo‘llanmalar o‘quvchi ish rejalaridan namunalar, darslar rejasi, konspekti, uslubiy qo‘llanmalar va boshqalar.
    Pedagogik o‘qish jarayonida tashkiliy ko‘lamda eng yaxshi ma’ruza tanlab olib uni tuman, viloyat pedagogik o‘qishlarga tavsiya etiladi va chop etishga tavsiya etiladi.
    Ilg‘or pedagogik tajriba-asosan o‘quv muassasasi muhandis-pedagoglarining pedagogik mahoratini oshirishga qaratilgan bo‘ladi. Bu ilg‘or pedagogik tajribalar o‘quv muassasasida va yana boshqa joyda o‘rganilishi va oshirilishi mumkin.

    Download 36,34 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 36,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2. Metod birlashmalar va ularning faoliyati. Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va ularni ommalash-tirish.

    Download 36,34 Kb.