• Metodik kengashlar
  • 2. Metod birlashmalar va ularning faoliyati. Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va ularni ommalash-tirish.




    Download 36,34 Kb.
    bet8/10
    Sana12.01.2024
    Hajmi36,34 Kb.
    #135382
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Mavzu.Texnologiya fanida metod birlashmalar faoliyatini tashkil qilish.

    Pedagogik kengash muassasasining o‘quv jarayoni va uslubiy ishlarini muhokama etib qaror qabul qiluvchi kengashdir.
    Pedagogik kengash a’zolari: muassasasi direktori (rais); uning muovinlari, o‘quv bo‘lim mudiri, uslubiy komissiya raislari va etakchi muhandis-pedagoglar, katta ustalar, kasaba birlashmasi va yoshlar ittifoqi raislari, ilmiy tadqiqot instituti va ishlab chiqarish korxonasidan etakchi mutaxassislar. Bu tarkibdagi kengash a’zolari ko‘riladigan masalalarni, ya’ni o‘quv-tarbiyaviy jarayon masalalarni, o‘quv ishlab chiqarish jarayoni hamda uslubiy ishlarga oid muammolarni hal qiladi va tavsiyalar qabul qiladi.
    Pedagogik kengashning asosiy uslubiy funksiyasi o‘quv muassassida uslubiy ishlarni takomillashtirish bo‘yicha asoslangan tavsiyalar qabul qilish, kasbiy malakalarini oshirish ish rejalarini tasdiqlash va xakozolar.
    Pedagogik kengash o‘z faoliyatini ilm o‘quv muassasasining uslubiy ishlar ish rejasi asosida amalga oshiradi.
    Pedagogik kengashning hamma a’zolari o‘quv-tarbiyaviy jarayonga, uslubiy ishlarga oid masalalarni uning ish rejasiga taklif etishi mumkin.
    Pedagogik kengashning qarori o‘quv muassasasi direktori tomonidan tasdiqlangandan so‘ng kuchga kiradi va qarorni hamma bajarishi shart.
    Metodik kengashlar-bu jamoaviy uslubiy ish turi bo‘libina qolmay balki alohida muammolarni hal etishni o‘z ichiga oladi (pedagogik, uslubiy).
    Metodik kengashlarning-instruksiyali, axborotli va hisobotli turlari mavjud.
    Uslubiy komissiyalar.Uslubiy komissiyaning asosiy vazifasi o‘quv-tarbiyaviy jarayonni takomillashtirish, o‘qituvchilarga amaliy-uslubiy yordam berishdir.
    O‘quv muassasida uslubiy komissiyalar, tayyorlov yo‘nalishlari, fanlar bo‘yicha va amaliyotlar bo‘yicha tashkil qilinishi mumkin. Uslubiy komissiya tarkibi va soni pedagogik kengash tavsiyasiga ko‘ra direktor buyrug‘i bilan tayinlanadi. Uslubiy komissiya tarkibiga malakali o‘qituvchilar, ustalar kiradi.
    Ta’lim muassasalarida fanlar bo‘yicha uslubiy komissiya tuziladi: fizika va informatika; ximiya va biologiya; o‘zbek va rus tili; tarix va boshqalar, Ba’zi hollarda uslubiy komissiyalar tuzishi mumkin fanlarni guruhlashtirish bo‘yicha, misol uchun, tabiiy fanlar: fizika, ximiya, biologiya; gumanitar fanlar, maxsus fanlar va hokazo.
    Uslubiy komissiyalar o‘z fanlari, sikl fanlari bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil qilish, yangiliklarni dars jarayonida tadbiq etish, o‘qitish uslub, vositalarini takomillashtirish, nazariyani amaliyot bilan bog‘lash, fanlarning ketma-ketlikda o‘tishini belgilash, o‘quv uslubiy materialini muhokama qilish va o‘quv dasturini o‘rganish, takomillashtirish, ishlab chiqarish ishlar ro‘yxati va ishlab chiqarish texnologik xujjatlar hamda nazorat ishlari mazmunini tahlil etish, texnik vositalardan samaradorli foydalanish va boshqa muammolar bilan shug‘ullanadi.

    Download 36,34 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 36,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2. Metod birlashmalar va ularning faoliyati. Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va ularni ommalash-tirish.

    Download 36,34 Kb.