|
Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va ularni ommalashtirish. (mahorat maktablari)
|
bet | 7/10 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 36,34 Kb. | | #135382 |
Bog'liq Mavzu.Texnologiya fanida metod birlashmalar faoliyatini tashkil qilish.3.Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va ularni ommalashtirish. (mahorat maktablari)
Pedagogik tajribalarni o‘rganishda nimalarga e’tibor berish lozim?;
- O‘rganish uchun, o‘zida ta’limning zamonaviy muammolari yechimini aks ettiruvchi tajribani tanlash. Aniqlangan tajribani uzoq davrga mo‘ljallab, ishlab chiqilgan dastur asosida, o‘quv yurtining butun ko‘lamini qamrab olgan holda o‘rganish.
- Bu boradagi tadbirlarga o‘rganilayotgan tajriba darajasida faoliyat ko‘rsata oluvchi o‘qituvchilarni imkon darajasida ko‘proq jalb qilish.
- O‘rganilayotgan muammoning o‘zaro ta’sir qiluvchi va tuzatuvchi xarakterga ega ekanligini e’tiborga olish.
-Ilg‘or pedagogik tajribani uning rivojlanib borish jarayonini o‘rganish.
- Qo‘llanilayotgan metod va usullarning erishilgan natijalar bilan bevosita uzviy bog‘liklik omillarini aniqlash.
Vazifalar:
1.O‘quv seminarlar,treninglar,davra suhbatlari o‘tkazish orqali metodbirlashma a’zolarining malakasini oshirish.
2. Kompyuter texnologiyasidan foydalanish orqali pedagogik fanlarni o‘qitish sifatini oshirish.
3 O‘quvchilarning pedagogik fanlarga qiziqtirish orqali qobiliyatlarini rivojlantirish.
4 O‘qituvchilar o‘quvchilarga dars jarayonida individual yondashish, to‘garaklar, ilmiy tadqiqit ishlari orqali belgilangan maqsadni amalga oshirib borishi.
5 O‘quvchilarning loyiha va tadqiqiot ishlari bilan barcha amaliy konferensiyalarda, tanlovlarda va festivallarda qatnashishini ta’minlash.
6. Iqtidorli o‘quvchilar bian ishlashni faollashtirish.
Past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlash.
4. 1.Jamoa shaklida tashkil etiladigan metodik ishlar shakllari
Jamoaviy uslubiy ishlarni o‘quv muassasalaridagi: pedagogik kengash (ped. sovet), uslubiy komissiyalar, ilg‘or pedagogik va amaliy tajribalar manbai, muammoli seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar (anjumanlar), pedagogik o‘qishlar orqali amalga oshiriladi.
Jamoaviy uslubiy ishlar mazmuni va tashkil qilish.
Pedagogik kengash (ped.sovet). Pedagogik kengash o‘quv muassasining asosiy organi bo‘lib, u o‘quv muassasidagi asosiy masalalarni muhokama etish, xulosalar qabul qilish uchun tuzilgan bo‘lib, «Pedagogik kengash haqidagi Nizom» asosida faoliyat ko‘rsatadi, va yillik plan asosida ish yuritadi. Pedagogik kengash ish rejasida asosan quyidagi masalalar yoritiladi va amalga oshiriladi: o‘quv muassasasi pedagog jamosining o‘tgan davrda bajarilgan ishlar natijasi va oldinda turgan vazifalar; uslubiy ishlar rejasi va xodimlarning malakasini oshirish, ustalarning tarbiyaviy ish rejasi, yarim yillik, yillik imtihon natijalari; ta’til vaqtlarida o‘quvchilar bilan sport ishlarini tashkil etish; biblioteka holati; ishlab chiqarish amaliyoti natijalari va boshqa ko‘p masalalar pedagogik kengash ishida yil mobaynida tasdiqlanadi va har oyda bir marta o‘tkaziladi. Pedagogik kengash ish rejasidagi har bir masala bo‘yicha ma’sul xodim tayinlanadi va u bu masalani kengashga tayyorlaydi, kerak bo‘lsa, bu masalani tayyorlashga boshqalarni ham jalb qilishi mumkin.
Pedagogik kengash qarorini rais-direktor va kotib qo‘l qo‘yib tasdiqlaydi. Kengash qarorining bajarilishini direktor va uning o‘quv ishlari bo‘yicha muovini nazorat qilib boradi.
Pedagogik kengash xujjatlari: ish rejasi, bayonnomalar, ma’ruzalar va qarorlar direktor muovinida saqlanadi.
|
| |