• Asosiy bosqich.
  • “Ertaklar bayrami”, “Ifodali
  • 2: Mustaqil kitobxonlikni shakllantirishga rahbarlik qilish shakllari




    Download 32,42 Kb.
    bet4/7
    Sana22.01.2024
    Hajmi32,42 Kb.
    #143326
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    O’quvchilarda mustaqil kitobxonlikni shakillantirish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxatini tuzish 1-4 sinf
    mehnat, Chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini taqribiy yechish usul-fayllar.org, Ajdodlarimiz madaniy merosi., Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u-fayllar.org, Baxronova Jasmina Kurs ishi himoya, KM Янги мустакил иш мавзулари №1-4 (1), Energo-mexanika, 11.organization, ЧОРШАНБИЕВ ЗАФАР ЭСАНПУЛАТОВИЧ, ТУРАЕВ СИРОЖИДДИН ЖУРАҚОБИЛОВИЧ, taqmoq xavfsizligi, 80142, 1 Малакавий ўқув амалиёти кундалик дафтари 2 3 курс, Ish ishlab chiqarish ergonomikasi-fayllar.org
    Boshlang‘ich bosqich. Bu 1-sinfning 2-yarim yilligiga to’g‘ri keladi. Bu bosqichda haftada 1 marta 45 daqiqalik dars uyushtiriladi. Asarni o’qishdan oldin o’quvchilar asar nomi va uning muallifi bilan tanishadilar, rasmlarini tomosha qiladilar, daftarlariga u haqda soddagina qilib muallif va asar nomini yozadilar. Asar elementar tarzda tahlil qilinadi. Tanlangan asar (kitob) yaxshi o’qiydigan o’quvchiga maxsus tayyorgarlikdan so’ng o’qitiladi. Asarning oson o’qiladigan o’rinlarini bo’sh o’qiydigan o’quvchilarga o’qitish ham mumkin. Bu ularda o’qishga qiziqish uyg‘otadi. Bu bosqichda o’quvchilar har xil tezlikda bo’g‘inlab o’qiydilar. Shuning uchun

    o’qituvchi bu jarayonda har bir o’quvchiga individual yondashishi, kichik kitobxonni kitobni mustaqil o’qishga o’rgata borishi lozim.

    1. Asosiy bosqich. Bu bosqich 2-4-sinflarga to’g‘ri keladi. Bu davrda o’quvchilarning o’qish malakalarni mustahkamlanadi. Bunda o’quvchilarning sinfdan tashqari o’qiganlari baholanadi. Baholashda dastur talablariga asoslaniladi: o’qigan kitoblarining sifat o’zlashtirishiga, miqdoriga, o’qigan kitobiga munosabat bildira olishiga e’tibor beriladi. Bunda o’quvchilar muayyan mavzuga doir bir necha asarlarni o’qib keladilar, ularning ayrim o’rinlarini ifodali o’qib beradilar, o’qigan asarlarini o’zaro taqqoslaydilar.

    Mustaqil kitobxonlikni shakllantirish bosqichlari, dastur talablari, tarbiyaviy vazifalari o’quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi. Masalan, tayyorlov bosqichida kichik hajmdagi asarni o’qituvchi o’qib bersa, o’qilganlar yuzasidan suhbat, qayta hikoyalash o’tkazilsa, boshlang‘ich bosqichda butun sinf o’quvchilari bir xil kitob bilan ta’minlanadi, barcha o’quvchilar bitta matn ustida ishlaydilar. Bunda bitta yozuvchi yoki bir mavzudagi asarlar ko’rgazmasi tashkil qilinadi. Asar ichda o’qishga topshirilishi, albomlar tayyorlanishi, kinofilm va diafilmlardan parchalar ko’rsatilishi, musiqiy daqiqalar o’tkazilish hamda asar mazmuni yuzasidan ijodiy rasmlar chizdirilishi ham mumkin. Bu jarayonda kitobni saqlash maqsadida uni yamash, o’rash o’rgatiladi, “Ertaklar bayrami”, “Ifodali o’qish tanlovi” o’tkaziladi.
    Asosiy bosqich yakunida kichik yoshdagi o’quvchilar faol kitobxon uchun zarur bo’lgan yaxshi o’qish ko’nikma va malakalarini egallashlari, eng muhimi, ularning kitob hamda mustaqil o’qishni yaxshi ko’rishlariga erishish juda muhimdir.

    Download 32,42 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 32,42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2: Mustaqil kitobxonlikni shakllantirishga rahbarlik qilish shakllari

    Download 32,42 Kb.