|
Pul kredit siyosatining iqtisodiy mohiyati bu siyosatining zaruriyati
|
bet | 2/6 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 60,59 Kb. | | #157447 |
Bog'liq Kredit1.Pul kredit siyosatining iqtisodiy mohiyati bu siyosatining zaruriyati
Iqtisodiyotni samarali rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlardan biri, Markaziy bankning biznes faoliyatini barqarorlashtirish, tijorat banklarining faoliyatini nazorat qilishga, pul muomalasini barqarorlashtirishga imkon beradigan pul siyosatining aniq mexanizmini shakllantirishdir. Pul-kredit siyosati - bu mamlakat iqtisodiyotiga ko'pchilik, biznes tizimining subyektsiyasini buzmaydigan darajada ta'sir ko'rsatishi uchun juda samarali vositadir. Garchi ularning iqtisodiy erkinliklari doirasini cheklash (bu holda iqtisodiy faoliyatning har qanday tartibga solish imkonsiz, ammo ushbu fanlar tomonidan qabul qilingan asosiy qarorlar faqat bilvosita ta'sir qiladi. Pul-kredit siyosati deganda, to’liq bandlik sharoitida yalpi milliy mahsulotni ishlab chiqarishga inflyatsiyaning ta’sirini kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida muomaladagi pul miqdorini o’zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Pul kredit siyosati davlat tomonidan belgilanadi va uni Markaziy Bank amalga oshiradi.Uning yordamida har qanday davlat mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifasini hayotga tadbiq etadi Pul kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maqsadlari iqtisodiy o’sish, to’liq bandlikni, baholarning hamda to’lov balansining barqarorligini ta’minlashdan
iborat. Bu maqsadlarga erishish uchun milliy valyutani muomaladagi pul massasi, foiz stavkasi va milliy valyuta almashinuv kursining optimal kattaliklarini ta’minlab turish zarur bo’ladi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Markaziy Bank qator vazifalardan foydalanadi. Pul-kredit siyosatining uchta asosiy vositasi ajratib ko’rsatiladi:
1. Hisob stavkasi;
2. Majburiy zaxiralar normasi;
3. Ochiq bozordagi operatsiyalar.
Markaziy bank ular yordamida pul yoki asosan bank depozitlari ko’rinishidagi
pul massasiga yoki foiz stavkasiga ta’sir o’tkazadi, taklifini o’zgartiradi va shular
orqali pul-kredit muomalasini tartibga solib turadi. Ochiq bozordagi operatsiyalar — Markaziy bank tomonidan davlat obligatsiyalarini (qimmatli qog’ozlarni) tijorat banklari va aholidan sotib olish va ularga sotish bo’yicha operatsiyalardir. Markaziy bank tijorat banklaridan yoki ahodidan bu qimmatli qog’ozlarni sotib olar ekan, tijorat banklari zaxiralarini sotib olingan obligatsiyalar miqdori hajmida ko’paytiradi. Bu zaxiralar pul bazasiga kiradi, ya’ni yuqori quvvatli pullar bo’lganligi uchun pul taklifi multiplikativ ko’payadi. Markaziy bank tijorat banklari va aholiga obligatsiyalarni sotish bilan zahiralarni hamda tijorat banklarining kredit berish qobiliyatini kengaytiradi. Bu holda pul taklifi qisqaradi. Pul - kredit siyosatini amalga oshirishning muhim vositalardan biri — bu hisob stavkasi siyosatidir. Hisob stavkasi yoki qayta moliyalash stavkasi deb Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan ssudaning foiz stavkasi tushuniladi.
Amaliyotda, davlatlar hisob stavkasi siyosatini ochiq bozordagi operatsiyalar siyosati bilan muvofiqlashtirilgan holda olib borishga harakat qiladilar.
Pul-kredit siyosatini yuritish vositalaridan yana biri — bu, majburiy bank zaxira
me’yorini o’zgartirish siyosatidir. Majburiy zaxiralar — bu, kredit maqsadlari uchun ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir qismidir. Ular mijozlar tomonidan o’z omonatlarini talab qilib olganda zarur bo’ladi. Zaxira normasi ikki asosiy funktsiyani bajaradi: bank likvidligini joriy tartibga solish uchun sharoit yaratadi va kredit emissiyasini cheklaydi. Markaziy bank tijorat banklari Markaziy bankda ushlab turishga majbur bo’lgan zaxiralarning eng quyi normasini o’rnatadi va shu vosita yordamida ular kreditlash qobiliyatiga, imkoniyatiga ta’sir etadi. Bu me’yor qanchalik yuqori bo’lsa, ortiqcha zaxiralar shunchalik kam va tijorat banklarining kredit berish yo’li bilan «pullarni barpo etish» qobiliyati past bo’ladi. Pul kredit siyosati vositalari albatta alohida-aloxida ishlatilishi shart emas. Aksincha ko’pincha bir necha vosita birdaniga qo’llanilishi, ya’ni kompleks siyosat o’tkazish amaliyotda tez-tez uchrab turadi. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit siyosati YaIM, bandlik va
baholar darajasiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Faraz qilamizki, iqtisodiyotda ishlab
chiqarish qisqarmoqda va ishsizlar soni ortib bormoqda. Bunday sharoitda davlat
Markaziy bank orqali pul taklifini biz yuqorida ko’rib chiqqan vositalar yordamida
oshirishga harakat qiladi. Natijada pul taklifi o’sadi, foiz stavkasi esa kamayadi. Bu esa investitsiyalarga bo’lgan talabni oshiradi va o’z navbatida, YaIM miqdorining ko’payishiga olib keladi. Bu bilan davlat ma’lum davrda o’z maqsadiga erishadi, ishlab chiqarishning orqaga ketishi to’xtaydi, ishsizlar soni kamayadi, jamiyatning daromadlari esa oshadi. Pul-kredit siyosatining oqibati to’g’risida gapirganda, bu siyosatning qisqa muddatli va uzoq muddatli oqibatlarini farqlash kerak. Agarda qiska muddatli davrda davlat pul taklifini oshirgan va buning natijasida YaIM miqdori o’sishini rag’batlantirgan hamda ma’lum darajada samaradorlikka erishgan bo’lsa, uzoq muddatli davrda esa bu choralarning samaradorligi pasayishi mumkin. Pul-kredit siyosati asosida iqtisodiyotga pul-kredit siyosatining ta’sir etishi jarayonlarini o’rganuvchi pul nazariyasi yotadi. Ushbu nazariyaga ikki xil yondashuvchi iqtisodchilar o’rtasida ko’p yillardan beri tortishuvlar bo’lib kelmoqda. Bularga neokeynschilar nazariyasi va zamonoviy pul miqdori nazariyasi tarafdorlarini kiritamiz. Har ikki nazariya tarafdorlari ham pul taklifining nominal YaIM ga ta’sirini inkor etmaydilar, ammo bu ta’sirning ahamiyatiga xar xil baxo beradilar. Keynschilar fikricha, monetar siyosat yuritishda foiz stavkasi darajasiga asoslanishi, monetaristlar fikricha esa, pul taklifining darajasiga asoslanishi lozim. Keynschilar bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlat aralashuvi shart deb xisoblashadi, monetaristlar esa uni ortiqcha deb hisoblaydilar.
|
| |