Pul kredit siyosatining vositalari




Download 60,59 Kb.
bet3/6
Sana16.02.2024
Hajmi60,59 Kb.
#157447
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kredit

2.Pul kredit siyosatining vositalari
Ayni vaqtda valyuta bozorini liberallashtirish borasida islohatlarning muvafaqqiyatli amalga oshirilishi ko‘p jihatdan pul-kredit siyosatini takomillashtirish,
tijorat banklari faoliyatini mustahkamlash hamda bank tizimini rivojlantirish choralari samaradorligi bilan chanbarchas bog‘liq. Qayd etish lozimki, iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yondoshuvlarning qayta ko‘rib chiqilishi davrida shakllanayotgan yangi voqealarda pul-kredit sohasidagi o‘zgarishlarning aholi va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan to‘g‘ri qabul qilinishi va qo‘llab-quvvatlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning markaziy banklari tajribalari hamda xaqaro moliya institutlari izlanishlari natijalari pul-kredit siyosatini amalga oshirishda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadining shak-shubhasiz ustuvorligini ko‘rinib turgani barchaga malum. Pul-kredit siyosatini amalga oshirish tartibi va ketma-ketligi turli mamlakatlarda iqtisodiyotning xususiyatlari hamda tarkibiy tuzilishiga qarab farqlanadi. Amaldagi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy
banki to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyuta barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Bunda “Milliy valyuta barqarorligi” tushunchasini ikki xil, ya’ni almashuv kursining xorijiy valyutalarga nisbatan barqarorligi yoki uning ichki harid qobiliyati barqarorligi deb talqin qilish mumkin.
Markaziy bankning pul-kredit siyosatining maqsadlari va asosiy yo‘nalishlari, shuningdek inflatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha majburiytalarning aniq belgilanishi jamiyatda ijobiy iqtisodiy kutilmalarning shakllanishiga xizmat qiladi. Bugungi kunda aholining inflatsion kutilmalari ko‘p jihatdan valyuta bozoridagi almashuv kursining dinamikasi bilan bog‘liqligi inobatga olgan holda, qisqa muddatli davrda milliy valyuta kursining barqarorligini ta’minlash pul-kredit siyosatining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Pul-kredit siyosatini rivojlantirishning hozirgi bosqichda zamonaviy pul-kredit instrumentlarini joriy etish, amaldagilarni takomillashtirish va ularning ta’sir
mexanizmini mustahkamlash, shuningdek ichki iqtisodiy cheklovlarni bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga ustuvor ravishda e’tibor
qaratilyapti. Pul-kredit siyosatini takomillashtirish va uning instrumentlari ro‘lini
kuchaytirish,bank tizimi likvidligini tahlil qilish va prognoz hamda pul bozoridagi
operatsiyalar samaradorligini oshirish maqsadida 2018-2021 yillarda Xalqaro valyuta jamg‘armasining maxsus texnik missiyalarini jalb qilish, xorijiy mamlakatlar markaziy banklari ilg‘or tajribasini o‘rganish va o‘zaro tajriba almashish amaliyotini kengaytirish ko‘zda tutildi[1]. Bank nazoratini xalqaro amaliyot va andozalarga muvofiq holda takomillashtirilishi, bank tizimida raqobat muhitining kuchayishi hamda tijorat banklarining kredit siyosatida bozor mexanizmlarini keng qo‘llashni davom ettirilishi, o‘z navbatida, bank tizimiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi va pu-kredit siyosati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Milliy iqtisodiyot xususiyatlarini inobatga olgan holda, pul-kredit siyosati rejimlarinig o‘ziga xos jihatlari va ta’sirchanligi tahlili o‘rta muddatli istiqbolda Markaziy bankning ustuvor maqsadi sifatida narxlar barqarorligiga erishish vazifasiga inflatsion targetlash rejimi juda mos kelishini ko‘rsatmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, pul-kredit siyosatini amalga oshirishning tamoyil va usullarining inflatsion targetlashga bosqichma-bosqich yo‘naltirish uchun zaruruiy huquqiy asoslar va tayanch iqtisodiy sharoitlar yaratildi[2]. O‘zbekiston sharoitida mustaqil pul-kredit siyosatini yuritish imkoniyati 1994-yilda milliy valyutaning muomalaga kiritilganidan so‘ng paydo bo‘ldi.Ta’kidlash lozimki, so‘nngi yillarda Respublikamizda pul-kredit sohasida ko‘rilgan chora-tadbirlar inflatsiya darajasini asta-sekin pasaytirish imkonini berdi, makroiqtisodiy barqarorlik va izchil iqtisodiy o‘sish suratlarini ta’minladi. Pul-kredit siyosatining 2022-yil va 2023-2024 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda, birinchi navbatda, iqtisodiyotda narxlar va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, inflasiya darajasini 2023- yil yakuniga qadar 5% gacha pasaytirish maqsadlaridan kelib chiqilgan. Pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlarida Markaziy bankning o‘rta muddatli makroiqtisodiy rivojlanish prognozlari va kelgusi yillarda pul-kredit sohasida amalga oshiriladigan ishlar, tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlar o‘zgargan holatlarda Markaziy bank tomonidan ko‘riladigan choralar va pul-kredit siyosatini yuritishdagi yondashuvlar aks ettirilgan. Jahon iqtisodiyoti 2020-yilda koronavirus pandemiyasi va uning ta’sirida yuzaga kelgan global va uning ta’sirida yuzaga kelgan global iqtisodiy inqiroz sharoitida qat’iy karantin cheklovlarining kiritilishi sababli iqtisodiy faollikning pasayishi va ta’minot zanjiridagi uzilishlar hamda pul-kredit va soliq-byudjet siyosatlarining sezilarli darajada yumshatilishini boshdan o‘tkazdi. 2021 yilda esa pandemiya bilan bog‘liq vaziyatning nisbatan yaxshilanishi, karantin choralarining yumshatilishi, iqtisodiyot sub’yektlarining pandemiyaga moslashuv darajasining ortishi hisobiga iqtisodiy faollikning sezilarli tiklanishi kuzatilib, yalpi talab hajmining pandemiyagacha bo‘lgan darajasiga yetishiga xizmat qilmoqda. Shuningdek, bu yilgi hisob-kitoblarda iqlim o‘zgarishlari va asosiy oziq-ovqat mahsulotlari taklifi, moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari, amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan islohotlar va ularning kutilayotgan natijalari shartli omillar sifatida inobatga olindi.Iqtisodiy faollik yuqori sur’atlarda jadallashib borib, investitsion va iste’mol talabi pandemiyagacha
bo‘lgan darajaga to‘liq tiklanadi. 2022 yilda yalpi ichki mahsulot hajmi o‘zining
potensial darajasiga ko‘tarilib, real iqtisodiy o‘sish sur’atlari 5,5-6,5 foizni tashkil etadi va 2023-2024 yillarda 6 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. [4] Mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifasi 2022 yildan bosqichma-bosqich fiskal konsolidatsiya boshlanishini taqozo qiladi va fiskal taqchillikning YaIMga nisbati 2023- 2024 yillarda 2,0-3,0 foiz atrofida shakllanishi prognoz qilinmoqda.Kelgusi yillarda operatsion mexanizmni yanada takomillashtirish va pul bozorini rivojlantirish bilan birgalikda, ichki valyuta bozorida islohotlarning navbatdagi bosqichini amalga oshirish, tahliliy-prognozlash salohiyatini rivojlantirish va pul-kredit siyosati transmisson mexanizmi samaradorligini oshirish borasida amalga oshiriladigan chora- tadbirlar Markaziy bankning diqqat markazida bo‘ladi.Pul kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maqsadlari iktisodiy o`sish, to`liq bandlikni, baxolarning hamda to`lov balansining barqarorligini ta`minlashdan iborat Markaziy bank umumiy pul- kredit siyosatini amalga oshirsa, uning buyurtmasi davlatda faoliyat yuritadigan barcha kredit va moliya muassasalariga murojaat qiladi. Pul siyosatining maqsadlari va usullari iqtisodiyotda asosiy tarmoqlarni rivojlantirishni rag‘batlantirish, davlatning bank infratuzilmasini modernizatsiya qilish zarurligiga bog‘liq.O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi - O‘zbekiston Respublikasi moliya va pul-kredit tizimining uzviy qismi hisoblanadi. Respublikamizda bank tizimi ikki pog‘onali bank tizimidan iborat bo‘lib, o‘z ichiga Markaziy bank va tijorat banklarini oladi. Markaziy bankning tijorat banklari bilan hamda tijorat banklarining o‘z mijozlari bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari, jumladan «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi hamda «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunlarida belgilangan. «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunining 20-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida banklar bank operatsiyalarini amalga oshirishga doir qarorlar qabul qilishda mustaqildirlar.Shuningdek, bugungi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida Markaziy bank faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bank xizmatlari iste’molchilari huquqi va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash, aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga moliyaviy ochiqlikni va ularning savodxonlik darajasini oshirish belgilangan.Markaziy bank o‘z oldiga qo‘yilgan vazifaga erishish uchun banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va kredit byurolari faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi, banklar uchun majburiy bo‘lgan iqtisodiy normativlarni belgilaydi. Mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan milliy hamda chet el valyutasida turli muddat va shartlar asosida keng ko‘lamda omonat (depozit) turlari taklif etilmoqda.U yoki bu omonat turiga bo‘sh pul mablag‘larini joylashtirish orqali har bir omonatchi ushbu joylashtirilgan mablag‘laridan maksimal darajada daromad olishi yuzasidan ma’lum risklarga duch keladi.O‘zbekistonda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarni munosabati bilan Markaziy bankning Jahon banki guruhi bilan hamkorligi sezilarli darajada faollashdi. Birlashgan Arab Amirliklari dunyoga ko‘p narsalar bilan mashhur. BAA yetakchi moliyaviy institularga ega davlatdir. BAA markaziy banki moliyaviy qoidalar uchun
javobgar bo‘ladi. BAA da 26 ta xorijiy bank, 23 ta mahalliy bank 8 ta islom banki faoliyat yuritiladi. Dubay Islom Birlashgan Arab Amirliklaridagi eng yirik islom banki va dunyodagi ikkinchi yirik islom banklardan biri. Bank BAA ning Dubay shahrida joylashgan bo‘lib, 1975 yilda tashkil etilgan. Dubay Islom banki dunyodagi birinchi to‘liq faoliyat yurituvchi islom bankidir. Oddiy banklardan tashqari, BAA so‘nggi yillarda juda katta o‘sishga erishilgan islom banklarini ham taklif etadi. BAA Markaziy banki mamlakatdagi banklarni tartiga soluvchi organ hisoblanadi va uning asosiy mas’uliyati bank,kredit va pul-kredit siyosatini shakllantirishva amalga oshirishdir. Hozirgi Islom bank ishi va moliyasi 1 trillion AQSH dollaridan (1000 milliard AQSH dollari) ortiq boshqariladigan aktivlarga ega, 400 dan ortiq muassasalarida o‘z ichiga olgan dunyodagi eng tez rivojlanayotgan iqtisodiy tarmoqlardan biri hisoblanadi. BAA foiz stavkalarini pasaytirish va aviakompaniyalar kabi yirik korxonalar uchun naqd pul olishni osonlashtirishga qaratilgan faol pul-kredit siyosatini qo‘llaydi. BAA ning pul- kredit siyosati mamlakatni qamrab oladi. Pul-kredit siyosati iqtisodiyotdagi o‘zgarishlar bilan bevosita bog‘liq.Shuningdek, agar pul massasi o‘zgarsa, foiz stavkasi o‘zgarmasligi aniqlanganinvestitsiyalar hajmini sezilarli darajada oshirish vas hu tariqa mamlakatda pul-kredit siyosati amalga oshirilgandan beri iqtisodiy o‘sishni ta’minlash BAA butunlay mustaqil emas. Shu sababli, pul-kredit siyosatining iqtisodiy o‘sishga ta’siri foizdan tashqari ahamiyatsiz. Birlashgan Arab Amirliklari Pul-kredit siyosati narxlar barqarorligini saqlash va inflatsiya darajasini minimal darajada ushlab tueish samarali amalga oshirilsa, mamlakatning iqtisodiy o‘sishida muhim ro‘l o‘ynaydi.Bunday maqsadlarga mamlakatning pul-kredit hokimiyati tomonidan pil taklifi, pul mavjudligi va pul qiymati yoki foiz stavkasini nazorat qilish jarayoni orqali erishiladi. Pul-kredit siyosati iqtisodiyotdagi o‘zgarishlar bilan bevosita bog‘liq.
Shunday qilib, BAA ning asosiy maqsadi mamlakat ichidagi jozibador iqtisodiy vaziyat
darajasini barqarorlashtirish uchun o‘z vositalari, ya’ni foiz stavkasi, inflatsiya va pul taklifi orqali iqtisodiy o‘sishni rag‘banlantirishdan iborat. BAA da so‘ngi 10 yildagi pul- kredit siyosatining mamlakat iqtisodiy o‘sishidagi ro‘lini alohida ahamiyat kaasb etib kelmoqda. Shunday qilib, ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘lchash uchun pul-kredit siyosatining yalpi ichki mahsulotga ta’sirining tavsifiy tahlili o‘tkazildi.Pul-kredit siyosatining asosiy vazifasi turli xil siyosat vasitalari yordamida iqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirish uchun pul taklifni boshqarishdir. Vaholanki, BAA ning YaIM ga pul- kredit siyosatining ta’sirini tahlil qilishini kengaytirishdan oldin, butun dunyo bo‘ylab markaziy banklar tomonidan qo‘llaniladigan eng ko‘p vositalarni chetda qoldirmaymiz.

Download 60,59 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 60,59 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pul kredit siyosatining vositalari

Download 60,59 Kb.