21
4.1 – rasm. KMDYa tranzistorli elektron kalit (invertor).
KMDYa-tranzistorlarda HAM-EMAS va YOKI-EMAS mantiqiy amallar
oson tashkil etiladi. HAM-EMAS mantiqiy amali kirish tranzistorlarini ketma –
ket ulash yo’li bilan, YOKI-EMAS mantiqiy amali esa – ularni parallel ulash yo’li
bilan amalga oshiriladi. Bu vaqtda har bir kirish uchun
kalit-invertorni hosil
qiluvchi ikkita tranzistor talab qilinadi. Yuklamadagi
r – kanalli va qayta ulanuvchi
n – kanalli tranzistorlarning bunday kombinatsiyasi KMDYa – tranzistorlarning
asosiy xossasi – statik rejimda ixtiyoriy kirish signalida tok iste’mol
qilmaslik
shartini saqlab qoladi.
2HAM-EMAS sxemada yuklama vazifasini bajaruvchi tranzistorlar bir-
biriga parallel ulanadi (4.2 – rasm).
4.2 – rasm. KMDYa tranzistorli 2HAM-EMAS mantiq elementning sxemasi
2YOKI-EMAS sxemada esa – ketma – ket (4.2– rasm).
Bunday prinsip
yordamida faqat ikki kirishli elementlar emas, balki kirishlar soni katta bo’lgan
sxemalar ham tuziladi.