|
-rasm. Korxonada kommunikatsiya jarayoni
|
bet | 11/15 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2 Mb. | | #247313 |
Bog'liq hisobot ik o.g3-rasm. Korxonada kommunikatsiya jarayoni
3-rasmda korxonadagi kommunikatsion jarayon ko’rsatilgan. Bunda, mijoz so’rovi internet tarmog’i orqali serverga yo’naltiriladi, unda rahbar so’rovni ishchi uni islab chiqib yana rahbarga qaytaradi, rahbar esa serverga, server esa mijozga qaytaradi. Bu jarayon dasturlar orqali bajariladi va dasturlar ish uslubga qarab ishlatiladi.
Internet bu yagona standart asosida faoliyat ko’rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog’idir. Uning nomi ikki xil talqin qilinadi, ya’ni “International Network” — xalqaro tarmoq va “Interconnected networks” “tarmoqlararo” degan ma’noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi axborot tizimi bo’lib, o’zining alohida axborot maydoniga ega bo’lgan virtual to’plamdan tashkil topadi. Internet tushunchasi 1994 yildan boshlab, Internetda Web texnologiyalari muvaffaqiyatli sinovlardan o’tib so’ng paydo bo’ldi. Zero, internet texnologiyalari esa 1968 yil AQSH universitetlari orqali ixtiro qilingan. Internet tizimining hozirgi kundagi ko’rinishi 4-rasmda ko’rsatilgan.
4-rasm. Internet tizim
4-rasmda Internet tizimi ko’rsatilgan. Bunda, internet tarmogi “Web Server” orqali mijozlarni bir-biriga ulidi va unga ulangan barcha kompyuterlarning o’zaro ma’lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. Internet tarmog’ining har bir mijozi o’zining shaxsiy kompyuteri orqali boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Bu esa axborot alamasish tiziminining tezligini ko’rsatadi.
Masalan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko’rib chiqish, N’yu-Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi ko’rgazmasiga qo’yilgan suratlar bilan tanishish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, bank muomalalarini amalga oshirishi va hatto boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi Internet tarmog’i mijozlari bilan shaxmat o’ynash mumkin.
“Web Server” tizimi hozirgi kunda ko’rinishi 5 – rasmda ko’rsatilgan.
|
| |