|
Biznes jarayonlarini tahlil qilish va modellashtirish
|
bet | 7/15 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2 Mb. | | #247313 |
Bog'liq hisobot ik o.gBiznes jarayonlarini tahlil qilish va modellashtirish.
Jarayonlarni tahlil qilish va modellashtirish uchun qoida tariqasida BPM () sinf tizimlaridan foydalaniladi. Bu korporativ biznes tahlilchi yoki tashqi konsalting kompaniyasining ixtisoslashgan vositalari. Modellashtirilgan biznes-jarayonlar hujjatlar bilan bog'liq bo'lmagan, qo'lda bajariladigan (masalan, hujjatlarni kurer orqali etkazib berish), tashqi sub'ektlarni (masalan, etkazib beruvchilarni) yoki boshqa tizim tizimlarini (ERP, CRM) qo'llab-quvvatlaydigan harakatlarni o'z ichiga olishi mumkin. Klassik EDMS biznes jarayonlarini tahlil qilish uchun ma'lumotni taqdim etishi mumkin (masalan, ayrim turdagi topshiriqlarning bajarilishining kechikishi to'g'risidagi hisobotlar shaklida). Ammo bu to'liq tahlil qilish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarning kichik bir qismidir. EDMSni mos yozuvlar ma'lumotlari, masalan, hujjatlar turlari yoki tashkiliy tuzilmalar asosida modellashtirish tizimlari bilan birlashtirish mantiqan to'g'ri keladi.
«Shahzod, Diyor, Demir » Mas’uliyati cheklangan jamiyatida o’tkazilgan tadqiqotlar.
Chet el investitsiyalari ishtirokida qo‘shma korxonalarni tashkil etilishi natijasida milliy iqtisodiyotimizdagi bir qator iqtisodiy ijtimoiy muammolar o‘zining echimini topadi. Jumladan:
Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, yangi ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlash asosida ishlab chiqarish darajasini oshiradi.
Ishlab chiqarilgan mahsulot (ko‘rsatilgan xizmat)larning sifatini takomillashtirish va ularni jahon bozoridagi raqobatbardoshligini ta’minlash;
Aholining mehnatga layoqatli qismini ish bilan ish bandligini ta’minlash, ularning kasbiy maxoratlarini oshirish hamda iqtisodiy daromadlarini ko‘paytirish;
Eksport xajmini oshirish natijasida valyuta tushumlarini ko‘paytirish;
Eng asosiysi esa byudjetga to‘laydigan soliqlar, ijara majburiyatlari va boshqa to‘lovlar xisobiga byudjet daromadlarini shakllantirishga erishiladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda qo‘shma korxonalarni tashkil etishda davlat tomonidan rag‘batlantirish va qo‘llab quvvatlashda beqiyos ishlarni amalga oshirilmoqda. Vatanimizda xorijiy sarmoyalarni jalb etayotgan korxonalarni iqtisodiy rag‘batlantirish va zaruriy sharoitlarni yaratib berish o‘ta muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu turdagi korxonalarni rag‘batlantirish asosan soliq imtiyozlari orqali amalga oshiriladi. Chunki har bir investor o‘z sarmoyasini biror xududga kiritar ekan, uni befarq qoldirmaydigan va e’tiborni tortadigan asosiy masala u erda amal qilayotgan soliq qonunchiligi hamda soliqlardan berilayotgan imtiyozlarini to‘g‘ri yo‘nalishlarda taqdim etish, ulardan samarali va oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yish lozim, aks xolda esa imtiyozlarni berishdan ko‘zlangan maqsadlarga erishmaslikka olib keladi.
Bu talablarni to‘la qonli amalga oshirish uchun esa xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga soliq imtiyozlarini joriy etishda quyidagi masalalar alohida e’tibor qaratilishi lozim deb o‘ylaymiz:
Soliq imtiyozlarini samarali ishlashiga aks ta’sir etuvchi omillarni hisobga olish;
Investitsion faollikni kuchaytirish maqsadida berilayotgan barcha imtiyozlarni bir paytda taqdim etish;
Qo‘shma korxonalarni rag‘batlantirish orqali maxalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarni faoliyatini cheklab qo‘yishni va raqobat muxitini bo‘zilishini oldini olish;
Qo‘shma korxonalar ishlab chiqarilgan tayyor maxsulot tarkibida maxalliy xom ashyo resurslaridan foydalanganlik darajasiga qarab ularga soliqlardan ma’lum engiliklar berish;
Soliq imtiyozlarining joriy etilishi byudjet daromadlariga va shaxsiy iqtisodiy manfaatlarga zarar etkazmasligi lozim.
Bunday deyishimizga sabab, aynan qo‘shma korxonalarga berilayotgan imtiyozlar evaziga davlat byudjetining daromadlar qismi katta xajmdagi mablag‘dan quruq qoladi. Bunda imtiyozlar evaziga korxonalar ixtiyorida qolgan mablag‘lardan samarali foydalanish, qayta investitsiya qilish va faoliyatini rivojlantirish orqali kelajakda byudjet daromadlarining barqarorligini ta’minlash ko‘zda tutiladi. Shu sababdan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar o‘z faoliyatini tugatib, kapital (foydasini) mamlakatlariga olib chiqib ketishlari uchun imtiyozdan foydalanish muddati tugaganidan keyingi faoliyatini yuritish muddati kamida 3 yoki 5 yil qilib belgilanishi, aks xolda esa soliqlar bo‘yicha berilgan barcha imtiyozlar summalari byudjetga undirilishi lozim.
Chet el investitsiya ishtirokidagi korxonalar 2020 yilning 1 yanvar xolatiga viloyat chet el investitsiyasi ishtirokidagi 63 ta korxona ro‘yxatga olingan bo‘lib shulardan 57 tasi yoki 90.5 foizini faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar faoliyatining xolati quyidagicha ifodalanadi.
1-jadval
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar faoliyatining xolati
|
Korxonalar soni
|
Umumiy foiz
|
Jami ro‘yxatga olingan korxonalar
|
63
|
|
Shundan
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar
|
57
|
90.5
|
Shu jumladan tarmoqlar bo‘yicha
- sanoat
|
50
|
79.4
|
Shu jumladan iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi
qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
transport va aloqa
qurilish
savdo va umumiy ovqatlanish
sog‘liqni saqlash,jismoniy tarbiya va ijtimoiy ta’minot
tayyorlov va moddiy-texnika ta’minot
fan va ilmiy xizmat ko‘rsatish, madaniyat va san’at
boshqalar
|
17
1
2
1
2
1
|
1.6
3.2
1.6
3.2
1.6
|
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar
|
6
|
9.5
|
Jami ro‘yxatga olingan korxonalar soni 63 tani tashkil etgan. Shundan faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 57 tani tashkil qiladi. Tarmoqlar bo‘yicha sanoat korxonalari esa 50 ta, iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar 17 tani tashkil etgan. Umumiy foizi 1.6 ni ko‘rsatayapti.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish xo‘jalik yuritishning turli mulkchilik shakllariga o‘tishni talab etadi. Bugungi kunda xo‘jalik yuritishning aralash mulk shakliga xos bo‘lgan xorijiy investitsiyali korxonalar ham keng faoliyat ko‘rsatmoqda. Iqtisodiyot sohalarida erishilayotgan ijobiy o‘zgarishlar xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatini jadal rivojlantirishni taqazo etadi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatuvchi xorijiy investitsiyali korxonalarga amaldagi soliqlar va bojlar yuzasidan qator engilliklar, imtiyozlar belgilangan. Ushbu imtiyozlarning amal qilishi investitsiya siyosatining asosini tashkil etib, o‘z ijobiy samarasini bermoqda. Xorijiy investorlar ishtirokidagi manfaatdor tomonlar o‘zlariga qarashli bo‘lgan resurslardan birgalikda foydalanish uchun ular bilan hamkorlikda korxonalar tashkil etmoqda. O‘zbekistonlik va xorijiy yuridik shaxslar hamda chet el fuqarolari bunday korxonalarning ta’sischilari bo‘lishi mumkin. Xorijiy investitsiyali korxonalarni tashkil etish sabablari turli-tuman bo‘lib, ularni ichki, tashqi va strategik sabablarga bo‘lish mumkin (2-jadval).
2-jadval
|
| |