• » Mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyatida raqamlashtirishning tashkiliy-iqtisodiy mohiyati…….. ..……...11
  • 2. «Shahzod, Diyor, Demir» Mas’uliyati cheklangan jamiyatida o’tkazilgan tadqiqotlar………………………………………………………….…………… 26
  • Xulosa va takliflar……...................................................................................38
  • 2. «Shahzod, Diyor, Demir» Mas’uliyati cheklangan jamiyatida o’tkazilgan tadqiqotlar




    Download 2 Mb.
    bet1/15
    Sana21.05.2024
    Hajmi2 Mb.
    #247313
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    hisobot ik o.g


    REJA:


    Kirish…………………………………………………………………….…...3
    1.1. «Shahzod, Diyor, Demir» Mas’uliyati cheklangan jamiyatining maqsadi va vazifalari………………………………………………….………..…5
    1.2. «Shahzod, Diyor, Demir» Mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyatida raqamlashtirishning tashkiliy-iqtisodiy mohiyati……....……...11
    1.3. «Shahzod, Diyor, Demir» Mas’uliyati cheklangan jamiyatining mavjud bo’lgan elektron hujjat almashinuv tizimi tahlili ……………….…………… 20
    2. «Shahzod, Diyor, Demir» Mas’uliyati cheklangan jamiyatida o’tkazilgan tadqiqotlar………………………………………………………….…………… 26
    3. «Shahzod, Diyor, Demir» Mas’uliyati cheklangan jamiyatida foydalaniladigan dasturiy mahsulotlar………………………………………...33
    Xulosa va takliflar……...................................................................................38
    Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………..39
    Ilovalar…………………………….…………………………………………40




    KIRISH


    Bugun dunyodagi shiddatli globallashuv sharoitida, xalqaro maydonda turli manfaatlar to‘qnashuvi kuchayib borayotgan, jahon iqtisodiy-moliyaviy inqirozi davom etayotgan keskin bir vaziyatda xususiy sektorni kengaytirish, tadbirkorlikni jadal sur’atlar bilan rivojlantirish, umuman biznes uchun qulay muhit yaratish va uning kafolatlarini mustahkamlash - muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan belgilab berilgan iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bugungi kunga kelib o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.
    Mamlakatda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirish hamda aholi hayot darajasi va farovonligining barqaror o‘sishiga imkon beruvchi faol tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni joriy etishga, fan va innovatsion faoliyat jadal rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
    2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi ustuvor yo‘nalishi mavzuga oid quyidagi ma’lumotlar keltirilgan. “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” nomli uchinchi ustuvor yo‘nalishning quyidagi punktlariga to‘xtalib o‘tishni joiz deb bildim:
    Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish;
    - ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmadagi loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan aktiv investitsiya siyosatini olib borish;
    - iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulotlar va xizmatlar ko‘rsatish bozorlarida monopoliyani bosqichma bosqich kamaytirish;
    - xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlar roli va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tuzilmasini eng avvalo xizmatlarning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish;
    - yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy sohaga, boshqarish tizimiga informatsion-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etishdan iborat.
    Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida respublikamizda olib borilayotgan isloxotlarning keng miqyosda rivojlanishi iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida kuzatilmoqda. Tabiyki mamlakat rivojlangani sari yangi tarmoqlar va sohalarga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Yangi tarmoq va sohalarning rivojlanishi o‘z navbatida mamlakat rivojiga o‘z xissasini qo‘shadi. Xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni tashkil etish va ularni yuritishdan asosiy maqsadi foyda olish bilan birgalikda, bu aholini ishsiz qatlamini ish bilan ta’minlashdan iboratdir. Albatta bunday korxonalar iqtisodiyotning etakchi sohasi hisoblanadi. Mamlakatning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarida ishsizlik darajasi va ish bilan ta’minlanganlik darajasi ham hisobga olinadi. Shunday ekan ana shunday aholiga ham xizmat ko‘rsatuvchi, xam aholini ish bilan ta’minlovchi korxonalarning tashkil etilishi ijobiy xoldir.
    Iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish sohasining yuqori sur’atlar bilan barqaror o‘sishi biz uchun eng muhim ustuvor yo‘nalish bo‘lgan - aholi bandligini ta’minlash, avvalambor, kasb-xunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish uchun zarur sharoitlar yaratdi.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 2 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2. «Shahzod, Diyor, Demir» Mas’uliyati cheklangan jamiyatida o’tkazilgan tadqiqotlar

    Download 2 Mb.