|
Xorijiy investitsiyali korxonalarni tashkil etish sabablari
|
bet | 8/15 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2 Mb. | | #247313 |
Bog'liq hisobot ik o.gXorijiy investitsiyali korxonalarni tashkil etish sabablari
Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatuvchi xo‘jalik sub’ektlari tarkibida xorijiy investitsiyali korxonalar ulushi ortib bormoqda. Xususan, 2019 yilda jami xorijiy investitsiyali korxonalar soni 4443 tani tashkil etgan bo‘lib, 2020 yilda yangidan tashkil etilgan korxonalar soni 561 tani tashkil etdi.
Albatta xorijiy investitsiyali korxonalar orasida faoliyat yuritmayotganlari ham bor, lekin faol ishlab turgan korxonalar sonining tobora oshib borishi ijobiy ko‘rsatkich bo‘lib, xorijiy investorlarning mamlakat iqtisodiyotiga qiziqishi ortayotganidan va umumiy biznes yuritish muxiti yaxshilanib borayotganidan dalolat beradi.
Tashkiliy - huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni 2020 yil 1 aprel holatiga ko‘ra 245,1 mingtani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan olganda 49,9 mingtaga yoki 125,5 % ga oshganligini ko‘rsatmoqda.
Faoliyat ko‘rsatayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni 231,9 mingtani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan olganda 44,9 mingtaga yoki 124,0 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.
|
| |