• Investitsiya faoliyati ishtirokchisi
  • Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati




    Download 251,44 Kb.
    bet1/36
    Sana20.11.2023
    Hajmi251,44 Kb.
    #102040
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
    Bog'liq
    95284-1

    XI-BOB. Korxonaning investitsion faoliyati





      1. Investitsiyalashning vazifasi va iqtisodiy mazmuni Investitsiyalar  iqtisodiyot va korxonalar miqyosida yangi ishlab chiqarish

    korxonalari yaratish yoki mavjud korxonalarni zamonaviylashtirish, ilg‘or texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish, mahsulot ishlab chiqarish va foyda (daromad) olishni ko‘paytirish maqsadida uzoq muddatli mablag‘lar kiritilishidir. Investitsiyalar ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi nomutanosibliklarini bartaraf qilish va iste’mol bozorini ta’minlashda alohida e’tiborga ega.
    O‘zbekiston Respublikasida 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq investitsiyalar deganda iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar tushuniladi.
    Investitsiya faoliyati sifatida esa investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlari majmui qabul qilinadi. Ushbu faoliyatning asosiy figura bo‘lgan investorlar qatoriga o‘z mablag‘larini, qarzga olingan va jalb etilgan mablag‘larni, mulkiy boyliklarni va ularga doir huquqlarni, shuningdek intellektual mulkka doir huquqlarni investitsiya faoliyati obyektlariga investitsiyalashni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati subyektlari kiritiladi.
    Investitsiya faoliyati ishtirokchisi deganda investorning buyurtmalarni bajaruvchi sifatida investitsiya faoliyatini ta’minlovchi investitsiya faoliyati subyekti tushuniladi.
    Investitsiyalarning iqtisodiy mazmun - mohiyati to‘g‘risida iqtisodchi olimlar o‘rtasida xilma – xil fikrlar mavjud.
    Investitsiyalarga aniq bir ta’rif berilmagan. Jumladan, professor D.G‘. G‘ozibekov investitsiyalarning iqtisodiy mazmun – mohiyatini moliyaviy kategoriya sifatida talqin etib, quyidagicha ta’rif berib o‘tgan: “Investitsiyalarning mazmuni aniq va ishonchli manbalardan mablag‘lar olish, ularni asosli holda safarbar etish, rikslar darajasini hisobga olgan holda kapital qiymatini saqlash va ko‘zlangan samarani olishdan iborat bo‘ladi”.1
    Professor N.H.Haydarov investitsiyalar mazmun – mohiyatiga quyidagi ta’rifni beradi: “Investitsiya – bu mulk shaklidan qat’iy nazar, tadbirkorlik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan jismoniy va yuridik shaxslar yoki davlatning iqtisodiy va ijtimoiy samara olish maqsadida o‘z boyliklarini qonun doirasida bo‘lgan har qanday tadbirkorlik obyektiga sarflashidir”.2
    Lorens Dj. Gitman va Maykl D. Djonkning “Investitsiyalash asoslari” (M.: “Delo” nashriyoti.1997) kitobida investitsiyalarga quyidagicha ta’rif beriladi: Investitsiya moliyaviy natijalar olishni ko‘zlab aksiya va obligatsiyalarni sotib olishni anglatadi: bular real aktivlarni belgilaydi, masalan, u yoki bu molni ishlab

    G‘ozibekov D.G‘. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. T.: “Moliya” nashriyoti. 2003. 26 bet.


    2 Haydarov N.H. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalar investitsion faoliyatidagi moliya-soliq munosabatlarini takomillashtirish masalalari. I.f.d ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. / T.: 2003. 29 b.

    chiqarish va sotish uchun mashinalarni olishni nazarda tutadi. Umuman keng ma’noda investitsiyalar mamlakat iqtisodiyotini o‘stirish va rivojlantirishni moliyalashtirish uchun zarur bo‘ladigan mexanizmlarni ta’minlaydi.
    Investitsiyalarni moliyaviy investitsiyalar va real investitsiyalar ko‘rinishidagi ikkita katta guruhga ajratish mumkin.
    Moliyaviy investitsiyalar qimmatbaho qog‘ozlar, aksiya va obligatsiyalar sotib olish, pul mablag‘larini banklarga foiz olish maqsadida depozit hisob raqamlariga qo‘yish bilan ifodalanadi.
    Real investitsiyalar o‘z navbatida moddiy va nomoddiy turlariga bo‘linadi.
    Yuqoridagi qonunga asosan real investitsiyalar mo‘ljallangan obyektiga ko‘ra kapital, innovatsiya va ijtimoiy investitsiyalarga bo‘linadi.

    Download 251,44 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




    Download 251,44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati

    Download 251,44 Kb.