|
Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati
|
bet | 5/36 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 251,44 Kb. | | #102040 |
Bog'liq 95284-1Tarmoqlararo tuzilma iqtisodiyot tarmoqlarining asosiy tarmoqlari o‘rtasida va ularni ichida investitsiyalarning taqsimlanishini foizlarda aks ettiradi. Masalan, investitsiyalarning umumiy hajmidan sanoatni qishloq xo‘jaligi, transport va aloqa, qurilish industriyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ulushlari - bu tarmoqlararo taqsimlanish va kapital qo‘yilmalar tuzilmasi; sanoatga kiritilayotgan kapital qo‘yilmalarning umumiy hajmidan mashinasozlik, kimyo, yoqilg‘i sanoati, qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga sarflanadigan ulushlari – bu investitsiyalarning tarmoqlar ichidagi tuzilmasi.
Hududiy tuzilma. Investitsiyani xududiy tuzilmasi kapital qo‘yilmalarni viloyatlar, shaharlar va respublikaning rayonlari bo‘yicha taqsimlanishini ko‘rsatadi. U oddatda budjet imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish kuchlarini va rayonlarini istiqboldagi rivojlanishini hisobga olgan holda davlatning investitsion siyosati bilan aniqlanadi. Xududlarning ixtisoslashuvi xarakteri, uning mehnat bilan bandlilik darajasi va boshqa iqtisodiy omillar bu yerda katta o‘rin egallaydi.
Kapital qo‘yilmalarning mulk shakliga ko‘ra tuzilmasi - bu, investitsiyalarning davlat, aksiyadorlik, qo‘shma, ijara va boshqa turdagi jamoa korxonalari o‘rtasida taqsimlanishidir. U kapital qo‘yilmalardan foydalanish, shuningdek, ularning shakllanish tartibi va manbalari nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, kapital qo‘yilmalarning samarali tuzilmasi ularni tejash, eng kam xarajatlar bilan eng ko‘p foyda olishga tengdir.
Iqtisodiyotning hamma tarmoqlarini proporsional rivojlanishini ta’minlash va yetakchi tarmoqlarni ko‘proq rivojlantirish hamda xududlar iqtisodiyotini yaxshilash va aholini yashash darajasini oshirish maqsadida investitsiyaviy ustunlik ba’zasida va to‘liq rivojlanishini iqtisodiy investitsiyani optimal tuzilmasi va taqsimlanishini maksimal darajada maqsadga muvofiqligiga erishish zarur.
|
| |