|
-rasm. Asosiy aktivlarga investitsiyalar YaIMdagi ulushi sifatida, foizda
|
bet | 8/36 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 251,44 Kb. | | #102040 |
Bog'liq 95284-111.1-rasm. Asosiy aktivlarga investitsiyalar YaIMdagi ulushi sifatida, foizda
11.1-rasm investitsiya faoliyati asosiy ko‘rsatkichlari dinamikasi ma’lumotlariga ko‘ra investitsiyalarning YAIM ulushi 2000-2013 yillarda o‘rtacha 22,5%ga teng eng katta ijobiy o‘zgarish kuzatiladi. Keyingi o‘rinda 2013 -2020 yillarda o‘rtacha 22,7%ga , 2018-2019 -2020 yillarda o‘rtacha 35,23% ga teng bo‘lgan.
Investitsiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:
investorlarning o‘z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg‘armalari va h.k.);
qarz olingan moliyaviy mablag‘lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari);
jalb qilingan moliyaviy mablag‘lar (aksiyalarni sotishdan olingan mablag‘lar, jismoniy va yuridik shaxslarning pay va boshqa to‘lovlari);
davlat byudjeti mablag‘lari;
chet elliklar mablag‘lari.
Mamlakatimizda aholi jon boshiga 2020 yilda 4044,8 ming so‘mni tashkil qilib, 2013 yilga nisbatan 4 barobar oshgan. Mamlakatimizda investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari tuzilishi ham yillar davomida o‘zgarib bormoqda. Jumladan, yildan yilga davlat byudjeti mablag‘larining ulushi kamayib, korxona mablag‘lari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hamda nobyudjet fondlar mablag‘larining ulushi oshib bormoqda.
Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi:
1) investitsiya sarflaridan kutilayotgan foyda normasi;
2) foiz stavkasi.
Investitsiyalarga qilinadigan sarflarning harakatlantiruvchi motivi foyda hisoblanadi. Tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini qachonki ular foyda keltiradigan bo‘lsa, sotib oladilar.
11.1-jadval
Aholi jon boshiga asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar (ming so'm)
|
| |