• 11.1-rasm. Investitsiyalarning turkumlanishi
  • Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati




    Download 251,44 Kb.
    bet6/36
    Sana20.11.2023
    Hajmi251,44 Kb.
    #102040
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
    Bog'liq
    95284-1

    Investitsiyakiritishshakligako‘ra:







    Real investitsiyalar





    11.1-rasm. Investitsiyalarning turkumlanishi


    Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, investitsiya tuzilmasini optimallash hisobiga pul mablag‘larini teng baholilik iqtisodiyotiga erishish mumkin, qaysiki u kapital qo‘yilmalar chegaralangan sharoitda iqtisodiy yuksalish va ishlab chiqarish kuchlarini kelgusida rivojlanishi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun
    ivestitsion qarorlarni va ayniqsa investitsiyalarni samaradorligini baholashda masalaning bu tomoni hisobdan tushurib qoldirmasligi va investitsion jaryonlarni boshqarishning barcha darajalarida ishlab chiqilishi zarur.
    Investitsiya darajasiga kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavkasidan tashqari boshqa quyidagi omillar ham ta’sir ko‘rsatadi:

    1. mashina va uskunalarni xarid qilish, ishlatish va ularga xizmat ko‘rsatish xarajatlari;

    2. tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori;

    3. texnologik o‘zgarishlar.

    Shunga ham e’tibor qaratish lozimki, yalpi sarflar tarkibining investitsiya sarflariga oid qismi yalpi xususiy ichki investitsiyalar deb yuritiladi. Shunga ko‘ra yalpi va sof investitsiyalarni ham bir-biridan farqlash zarur.
    Yalpi investitsiyalar joriy yil davomida iste’mol qilingan asosiy kapitalni qoplashga mo‘ljallangan (amortizatsiya) hamda iqtisodiyotdagi kapital hajmiga har qanday sof qo‘shimchalardan iborat barcha investitsion tovarlarni ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi. Sof investitsiyalar esa joriy yil davomida qo‘shimcha ravishda jalb qilingan investitsion tovarlardan iborat. Boshqacha aytsak, sof investitsiya yalpi investitsiya bilan amortizatsiya ajratmalarining ayirmasiga teng. Sof investitsiya asosiy va aylanma kapitalning o‘sishini ta’minlaydi. Yalpi investitsiyalar bilan amortizatsiya hajmi o‘rtasidagi nisbat iqtisodiyot rivojlanish holatining ko‘rsatkichi hisoblanadi. Quyidagi chizmada yalpi va sof investitsiyalar hamda amortizatsiya nisbati o‘zgarishining o‘suvchi, turg‘un va qisqaruvchi iqtisodiyotlarga ta’sirini ko‘rishimiz mumkin.
    Yalpi investitsiyalarning iste’mol qilingan kapitalni qoplash fondi hajmidan ham oz bo‘lishi yil oxirida kapital miqdorining qisqarishiga va buning oqibatida, iqtisodiyot ko‘rsatkichlarining pasayib ketishiga olib keladi.



      1. Download 251,44 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




    Download 251,44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati

    Download 251,44 Kb.