• Qayta tiklash
  • Texnik qayta qurollantirish
  • Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati




    Download 251,44 Kb.
    bet3/36
    Sana20.11.2023
    Hajmi251,44 Kb.
    #102040
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
    Bog'liq
    95284-1

    Yangi qurilishga yangi maydonlarda maxsus ishlab chiqilgan loyihalar asosida quriluvchi korxona, bino, inshoot va qurilmalar mansubdir.
    Faoliyat yuritayotgan korxonani kengaytirish qo‘shimcha ishlab chiqarish majmualarining navbatdagi qismlarini yangi loyiha asosida qurish yoki asosiy, qo‘shimcha, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishning amaldagi sexlarini kengaytirish yoki qurishni anglatadi. U asosan, faoliyat yuritayotgan korxona hududida yoki unga tutash maydonlarda amalga oshiriladi.
    Qayta tiklash  bu, faoliyat yuritayotgan korxonani ma’naviy va jismoniy eskirgan qurilma va asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, texnologik bo‘g‘inlar va yordamchi xizmatdagi nomutanosibliklarni yo‘qotish yo‘li bilan almashtirish yordamida to‘liq yoki qisman o‘zgartirishni anglatadi. Qayta tiklashda eski sexlar o‘rniga yangi sexlarni qurishga ruxsat beriladi.
    Texnik qayta qurollantirish alohida ishlab chiqarish turlarini zamonaviy talablarga asosan yangi texnika va texnologiyalarni kiritish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, eskirgan qurilma va uskunlarni yangilash va almashtirish, ishlab chiqarish tuzilmasi va tashkil etilishini yaxshilash yo‘li bilan, korxonaning texnik darajasini oshirish bo‘yicha chora- tadbirlar majmuasidir. U ishlab chiqarish intensivligini kuchaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan.
    Moliyaviy resurslar va yer tanqisligi sharoitlarida, ikkinchi tomondan esa, mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan unumliroq foydalanish uchun yangi qurilishni nisbatan cheklangan holatda, asosan juda zarur hollardagina amalga oshiriladi. Shu sababli bugungi kunda kapital qo‘yilmalarning eng ko‘p tarqalgan yo‘nalishlari sifatida, umuman olganda yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni ham ko‘zda tutuvchi mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta tiklash va texnik jihatdan qayta qurollantirishni ko‘rsatish mumkin.
    Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, ishlab chiqarish kuchlarini va iqtisodiyotni tubdan modernizatsiyalashni muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun faqatgina miqdoriy emas, balki sifat jihatidan ham qaralishi muhimdir. Bugungi kunda biz faqatgina qancha miqdordagi investitsiyaga ega ekanligimiz emas, balki undan qanday foydalanayotganimiz, ularning qoplanishi qanday ekanligi muhimdir. Investitsiyalarning qoplanishi ko‘p jihatdan kapital qo‘yilmalarning tuzilmasiga, ya’ni kapital qo‘yilmalarning umumiy hajmidagi alohida harajatlarning ulushiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.

    Download 251,44 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




    Download 251,44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati

    Download 251,44 Kb.