• Investitsiyaning texnologik tuzilmasi
  • Investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tuzilmasi
  • Hozirgi kunda investitsiyalarning tuzilmaviy shakllanishini quyidagi turlarga ajratadilar




    Download 251,44 Kb.
    bet4/36
    Sana20.11.2023
    Hajmi251,44 Kb.
    #102040
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
    Bog'liq
    95284-1

    Hozirgi kunda investitsiyalarning tuzilmaviy shakllanishini quyidagi turlarga ajratadilar:


      • Texnologik tuzilma

      • Takror ishlab chiqarish tuzilmasi

      • Tarmoqlararo tuzilma

      • Hududiy tuzilma

      • Mulk shakliga ko‘ra tuzilma

    Investitsiyaning texnologik tuzilmasi – bu qurilish-montaj ishlarini bajarish, asbob-uskunalar, mashinalar va boshqa mehnat vositalarini sotib olish hamda loyihaviy-qidiruv ishlarini amalga oshirish bo‘yicha xarajatlarning o‘zaro foizlardagi nisbatidir. Iqtisodiy jihatdan foydaliroq bo‘lib shunday tuzilma hisoblanadiki, unda qurilish-montaj ishlariga harajatlarning ulushi kamayib boradi va ishlab chiqarish asbob-uskunalariga ketadigan harajatlar qismi nisbatan tezroq o‘sib boradi. Biroq texnologik tuzilma yaratilayotgan asosiy fondlarning xarakteri va qurilish tarmog‘iga sezilarli darajada bog‘liq.
    Hozirgi paytda iqtisodiyot rivojlanishiga kiritiluvchi kapital qo‘yilmalarning umumiy hajmida quyidagi tuzilma vujudga keldi: qurilish-montaj ishlari xarajatlari
    - 55-60%, mashina va uskunalar sotib olishga sarflanuvchi xarajatlar - 35-30%, loyiha (qidiruv va boshqa ilmiy ishlanmalarga sarflanuvchi xarajatlar - 10%)
    Investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tuzilmasi yangi qurilishlarga qilinayotgan xarajatlar bilan, faoliyat yuritayotgan korxonani rekonstruksiya qilish, kegaytirish va texnik qayta qurollantirish harajatlari orasidagi shuningdek, asosiy fondlarni eskirishi sababli chiqarilishini qoplash xarajatlari o‘rtasidagi o‘zaro nisbatni o‘zida aks ettiradi.
    Bugun investitsion siyosat qayta ta’mirlashga, faoliyat yuritayotgan korxonalarni texnik ta’mirlash va kengaytirishga ajratilayotgangan harajatlarini ko‘paytirishga, yangi qurilishni ulushini esa qisqartirishga sezilarli burilish qilmoqda, vaholanki, yangi qurilishlarsiz ilmiy – texnika taraqqiyotiga va raqobatbardosh zamonaviy ko‘rinishdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga erishish qiyin.

    Download 251,44 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




    Download 251,44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hozirgi kunda investitsiyalarning tuzilmaviy shakllanishini quyidagi turlarga ajratadilar

    Download 251,44 Kb.