|
2. «Shahzod, Diyor, Demir» Mas’uliyati cheklangan jamiyatida o’tkazilgan tadqiqotlar
|
bet | 13/15 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2 Mb. | | #247313 |
Bog'liq hisobot ik o.gXULOSA VA TAKLIFLAR
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish sharoitida barcha korxonalar singari xizmat ko‘rsatish hamda servis sohasi tashkil etib, asosini manfaatdorlik tashkil etar ekan, xizmat ko‘rsatish korxonalarning ushbu manfaatdorliklari faoliyat davridagi foydaga erishishda yaqqol namoyon bo‘ladi. Foydani oshiradigan omillardan biri esa bu harajatlardan samarali foydalanish hisoblanadi.
Bizning fikrimizcha, daromadlarga mos harajatlar summasini aniqlash uchun xizmat ko‘rsatish korxonalarida bajariladigan ish va xizmatlardan tushgan daromadlarni olish maqsadida sarflangan harajatlarni hisobga olish tartibini takomillashtirish talab qilinadi. Buning uchun harajatlarni hisobga olishning boshlang‘ich nuqtasida yangicha yondashuv qilinishi lozim. Chunki xizmat ko‘rsatish korxonalarida har bir buyurtmani, ya’ni shartnomada ko‘rsatilgan ish va xizmatlarni bajarish uchun sarflangan harajatlar hamda ulardan olinadigan daromadlarni hisobga olish imkoniyati mavjud.
Shuning uchun ham ularga sarflanayotgan harajatlar shunday hisobga olinishi zarurki, bunda quyidagi omillarni amalga orishirish imkoniyati ta’minlanishi lozim:
har bir xizmat turiga sarflanayotgan harajatlar va ularning tarkibi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar olish;
har bir xizmat turini turli usullarda bajarilganda, ularni bajarishga sarflangan harajatlarni alohida hisobga olishni tashkil qilish.
Xizmat ko‘rsatish va servis makoni va zamonida yuz berayotgan jarayon, maxsus faoliyat sifatida boshqaruvning, shu jumladan uning dastaklaridan biri bo‘lgan buxgalteriya hisobining ham muhim ob’ekti hisoblanadi. Mos ravishda, xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatini olib boayotgan korxonalar buxgalteriya hisobining muhim sub’ektlari sirasiga kiradi.
Harajatlar to‘g‘risida batafsil tushunchalar yoritib o‘tildi. Unga ko‘ra xarajat foydali natijalarga erishish maqsadida, aktivlarni sarflash hisobiga xususiy kapital miqdorining vaqtincha kamayishiga olib keluvchi majburiyatlarni yo‘lga kelishidir.
Xizmat ko‘rsatish korxonalarda xarajatlar hisobini tashkil etishning maqsadi bu foydalanuvchilarni korxona tashqi iqtisodiy faoliyati xarajatlari bo‘yicha asoslangan buxgalteriya axborotlari bilan ta’minlashdir. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
Xizmat ko‘rsatish korxonalarda xarajatlari bo‘yicha alohida buxgalteriya axborotlarini shakllantirish;
Xizmat ko‘rsatish korxonalarda xarajatlarini o‘z vaqtida buxgalteriya hujjatlari, schyotlarida aks ettirish;
Xizmat ko‘rsatish korxonalarda (ish,xizmat)lar ishlab chiqarish harajatlarini hisob registrlarida alohida shakllantirish;
Xizmat ko‘rsatish korxonalarda ish, xizmatlar tannarxini to‘g‘ri shakllantirish;
Xizmat ko‘rsatish korxonalarda harajatlarni buxgalteriya hisobotlarida to‘g‘ri aks ettirib borish va boshqalar.
|
| |