|
Boyo‘g‘li kemiruvchilarni yeb hayot kechiradi
|
bet | 347/383 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 0,76 Mb. | | #145334 |
Bog'liq 2-sinf Fan Ona tili Sana SinfBoyo‘g‘li kemiruvchilarni yeb hayot kechiradi.
Boyo‘g‘li bog‘ va o‘rmonlarda, dasht va cho‘llarda yashaydi. U tunda kemiruvchilarni ovlaydi. Boyo‘g‘li — foydali qush.
Matn qaysi ustunda berilgan? Qaysi ustunda o‘zaro bog‘lanmagan gaplar berilgan? Matnni yozing.
299-mashq. O‘qing.
YOSHLAR IJOD SAROYI
Mamlakatimizda bolalar ijodiyotiga katta ahamiyat beriladi. Toshkentda Yoshlar ijod saroyi bor. U 2008-yili barpo etilgan.
Yurtimizda iste’dodli bolalar juda ko‘p. Ular rassomlik, hunarmandchilik, badiiy adabiyot, san’at va boshqa yo‘nalishlarda ijod qiladilar.
Saroyda yosh ijodkorlarning asarlari na- moyish qilib boriladi. Bu yerda ularga zarur maslahatlar ham beriladi.
Matnda nimalar haqida yozilgan? U necha qismdan iborat?
Topshiriq
Matndan foydalanib, savollarga javob bering va yozing.
Toshkentda qanday saroy bor?
Yoshlar ijod saroyi qachon barpo etilgan?
Saroyda kimlarning asarlari namoyish etiladi?
300-mashq. Matnni o‘qing.
OLTIN VODIY GAVHARI
Andijon Farg‘ona vodiysi shaharlaridan biri. Bugungi Andijonning jamoli har qanday odamda havas uyg‘otadi.
Yangidan bunyod etilgan «O‘zbekiston» ko‘chasi juda ko‘rkam. Ko‘chaning ikki to- monini yo‘lakchalar, yashil maydonlar, yorit- gichlar bezab turadi.
Matnda nechta qism bor? Matnni yozing. Har bir ” qismni xatboshidan yozing.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:
V.Uyga vazifa:
“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: _____________________
|
| |