• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Prezidentimiz I.A.Karimov
  • 2-sinf tarbiya darsligini o'rganish reja




    Download 41,38 Kb.
    bet1/3
    Sana12.01.2024
    Hajmi41,38 Kb.
    #135813
      1   2   3
    Bog'liq
    2-SINF TARBIYA DARSLIGINI O\'RGANISH
    activity1, 1 Axborot xavfsizligi sohasiga oid xalqaro standartlar haqida , Birlamchi kalit, 2-mustaqil ishi

    2-SINF TARBIYA DARSLIGINI O'RGANISH
    Reja:

    1. Boshlang’ich sinf tarbiya darslarida qo’llaniladigan ilg’or pedagogik texnologiyalar

    2. Tarbiya shakllari va turlari

    3. Tarbiya jarayonining mazmun mohiyati

    Foydalanilgan adabiyotlar:

    Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol uslublar, innovasion pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish ta'limning samaradorligini oshirishga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan-kunga ta'lim jarayonining eng dolzarb vazifalaridan bo'lib bormoqda. Insonning tafakkuri, aqliy salohiyati ijtimoiy boylik hisoblanadi. Ular har qanday jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini belgilaydi. Shunday farzandlarimiz borki, ular umumiy o'rta ta'lim jarayonida ma'lum yo'nalish bo'yicha o'zlarining iqtidorlarini, iste'dodlarini namoyon etadilar. Bu boylikdan oqilona foydalanish, uni to'g'ri yo'naltirish lozim", - dedi I.A.Karimov o'zining "Barkamol avlod orzusi" asarida.


    Zamonaviy pedagogik texnologiyalar o'quvchilarni egallayotgan bilimlarni o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, olinayotgan bilimlarni tahlil qilishlariga, xato xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga qaratiladi..
    O'qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi. Ushbu jarayonda o'qituvchi boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o'quv jarayonida o'quvchi asosiy obyektga aylanadi. Bugungi kunda ta'lim muassasalarining o'quv-tarbiyaviy jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida e'tibor berilayotganining asosiy sababi quyidagilardir:
    Birinchidan, pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta'limni amalga oshirish imkoniyatining kengligida;
    Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o'quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi;
    Uchinchidan, pedagogik texnologiya o'qituvchini ta'lim-tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo'lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi;
    To'rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo'llashga asoslanganligi sababli, ularning qo'llanilishi.
    O'quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to'g'ri joriy etilishi o'qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa o'qituvchidan ko'proq mustaqilllikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi. Pedagogik texnologiya asosida o'tkazilgan mashg'ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga o'z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o 'z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Hozirgi davrda sodir bo'layotgan innovatsion jarayonlarda ta'lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o'zlashtirish va o'zlashtirgan bilimlarini o'zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak.
    Shuning uchun ham, ta'lim muassasalarining o'quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o'qitish uslublari interfaol uslublar, innovasion texnologiyalarning o'rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta'limda qo'llanishiga oid bilimlar, tajriba o'quvchilarni bilimli va yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi.
    "Dumaloq stol" metodi: Topshiriq yozib qo'yilgan qog'oz varaq davra bo'ylab aylantiriladi. Har bir o'quvchi o'zining javob variantini yozib qo'ygach, varaqni boshqa talabaga uzatadi. Keyin muhokama bo'ladi: noto'g'ri javoblar o'chiriladi, to'g'ri javoblarning soniga qarab talabaning bilimlariga baho beriladi. Bu metodni 3-4-sinflarda yozma shaklda, 1-2-sinflarda og'zaki shaklda ham qo'llash mumkin. Berilishi mumkin bo'lgan topshiriqlarga misollar:
    - tarbiyali bola deganda kimni tushunasiz?
    - halolik deganda nimani tushunasiz?
    - Sobir Rahimov kim bo'lgan?
    - Oftob urganda qanday yordam beriladi?
    - mehnatsevarlik deganda nimani tushunasiz.
    - yong'in sodir bo'lganda kimga telefon qilinadi?
    - 103 raqamiga telefon qilib kimni chaqirasiz?
    - Zaharlangan odamga birinchi yordam qanday ko'rsatiladi?
    Yuqoridagi savollar 4-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan. Shuni esda tutish kerakki, qo'yilgan savol javobning yarmini o'zida aks ettirishi lozim.
    "Ruchka stol o'rtasida" metodi. Butun guruhga topshiriq beriladi. Masalan, dam olish kuni uydagilarga qanday ishlarda yordam berasiz? (3-sinf misolida). Har bir o'quvchi bitta javob variantini bir varaq qog'ozga yozib, uni qo'shnisiga beradi, o'z ruchkasini esa stolning o'rtasiga surib qo'yadi.
    "Bobolarimizning bebaho merosi-mavzusini mustahkamlash asosida yuqoridagi metodni uyushtiramiz. O'qituvchining guruhga beradigan topshirig'i - qomusiy olimlarga ta'rif berib o'ting. Bunda keng ma'lumotlardan chekingan holda qisqa va lo'nda, aniq bitta gap bilan ta'riflanadigan gap bilan misol keltirish talab etiladi. Masalan, Alisher Navoiy - so'z mulkining sultoni. Ajratilgan 10-15 daqiqa vaqt ichida guruh mumkin qadar ko'proq sonda javob variantlari berishi kerak. Bir varaq qog'ozga yozilgan topshiriq bir o'quvchidan ikkinchisiga uzatiladi. O'quvchi javobni yozib, qog'ozni keyingi talabaga uzatadi, ruchkasini esa, o'ziga ro'baro' qilib, stolga qo'yib qo'yadi. Javobni bilmaydigan o'quvchi qog'ozni keyingi o'quvchiga uzatadi-yu, lekin ruchkasini qo'lida olib qoladi. Bu metodikaning yana bir sharti: bitta variantni ikki qayta berish mumkin emas, boshqacha aytganda, qaytariqlar bo 'lishiga bu o'rinda yo'l qo'yilmaydi. Topshiriq bajarildi. Javob variantlari yozilgan qog'oz o'qituvchida. U o'sha variantlarni sanab o'tadi. Variantlar sanab o'tilar ekan, ularning har biri guruhda muhokama qilib boriladi. Takror javoblar inobatga olinmaydi. "Ruchka stol o'rtasida" metodi bir qancha afzalliklarga ega. Jumladan, o'qituvchi mashg'ulotga kim tayyor, kim tayyor emasligini ko'rib turadi, o'quvchilarda qomusiy olimlar haqida tezkor beriladigan javob variantlari shakllantiriladi.
    Bu metod guruhda olib boriladigan ish bo'lib, o'quvchilar intizomini mustahkamlaydi, ularni guruh shaklida ishlash malakasini shakllantiradi, guruhni jipslashtiradi, o'quvchilarni tezkorlikka, tez fikrlashga undaydi. Chunki o'z variant ustida juda uzoq o'ylab o'tiradigan o'quvchi butun guruhga ajratilgan vaqtni sarflaydi. Shuningdek, o'quvchi mashg'ulotga tayyor bo'lmasa, bunda ham u guruhga pand beradi. Bu holatda tushmaslik uchun har bir o'quvchi har bir darsga tayyor bo'lib kelishga intiladi. O'quvchilar o'z javoblarini ikki marta: yozma ish paytida va og'zaki muhokama vaqtida tahlil qilib borishadi. Bu esa mavzuni yanada mukammal egallashga imkon beradi. Bu kabi ta'lim jarayonida qo'llaniladigan interfaol usullar o'quvchilarning mustaqilligi, ishchanligi, uyushqoqligi, xushmuomalaligi, ijodiy fazilatlarini kamol toptirishga yordam beradi.
    Interfaol usullar interfaol ta'lim jarayonida dars o'quvchilarning o'zaro muloqotlari asosida amalga oshiriladi. Interfaol metod - ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi faollikni oshirish orqali ularning o'zaro harakati, ta'siri ostida bilimlarni o'zlashtirishni kafolatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu usullarni qo'llash dars sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Uning asosiy mezonlari - norasmiy bahs-munozaralar o'tkazish, o'quv materialini erkin bayon etish, mustaqil o'qish, o'rganish, seminarlar o'tkazish, o'quvchilarni tashabbus ko'rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo'lib ishlash uchun topshiriq, vazifalar berish, yozma ishlar bajarish kabilardan iborat. Interfaollik, bu - o'zaro ikki kishi faolligi, ya'ni, bunda o'quv-biluv jarayoni o'zaro suhbat tariqasida, dialog shaklda yoki o'qituvchi-o'quvchilaming o'zaro muloqotlari asosida kechadi. Interfaollik - o'zaro faollik, harakat, ta'sirchanlik, o'quvchi-o'qituvchi, o'quvchi-o'quvchi (subyekt-subyekt) suhbatlarida sodir bo'ladi. Interfaol metodlarning bosh maqsadi - o'quv jarayoni uchun eng qulay muhit vaziyat yaratish orqali o 'quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritish, uni ehtiyoj, qiziqishlari, ichki imkoniyatlarini ishga solishga muhit yaratadi. [2] Bunday darslar shunday kechadiki, bu jarayonda bironta ham o 'quvchi chetda qolmay, eshitgan, o'qigan, ko'rgan bilgan fikr- mulohazalarini ochiq-oydin, erkin bildirish imkoniyatiga ega bo'ladilar. O'zaro fikr almashish jarayoni sodir bo'ladi. Bolalarda bilim olishga havas, qiziqish ortadi, o'zaro do'stona munosabatlar shakllanadi. Interfaol ta'lim o'z xususiyatiga ko'ra didaktik o'yinlar orqali, evristik (fikrlash, izlash, topish) suhbat-dars jarayonini loyihalash orqali, muamoli vaziyatni hosil qilish va yechish orqali, kreativ-ijodkorlik asosida, axborot kommunikatsion texnologiyalar yordamida amalga oshirish metodlarini o'z ichiga oladi.
    Mamlakatning moddiy va ma’naviy yuksalishida xalqimizning boy ma’naviy merosga, umumbashariy qadriyatlarga, zamonaviy madaniyatga ega bo’lgan, har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikr yuritadigan shaxsni tarbiyalash bugungi kunning dolzarb muammosidir. Bu borada qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da barkamol avlodni shakllantirish va yuqari malakali mutaxassislarni tarbiyalab voyaga yetkazish bosqichlari, shu bilan birga yuqori malakali mutaxassilar tayyorlashni jahon ta’limi darajasiga ko’tarish asosiy maqsad qilib qo’yilgan. Bu vazifalarni amalga oshirish barkamol avlodni har tomonlama tarbiyalab voyaga yetkazishdek istiqbolli muammoni hal etishni ta’lim tizimida faoliyat yurituvchi o’qituvchi-murabbiylar, shu yo’nalishda ijod qiluvchi mutaxassis olimlar, jamoat tashkilotlari, rahbar xodimlar oldiga qo’yilishi davr talabidir. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, oldimizda turgan eng dolzarb va istiqbolli muammolardan biri – erkin fuqaro ma’naviyatini ozod va erkin shaxsni va shu asosda barkamol avlodni shakllantirish masalasidir. “Boshqacha aytganda, - deydi I.A.Karimov, - biz o’z haq-huquqlarini taniydigan, o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo’layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak”.
    Yoshlarga har tomonlama puxta ta'lim-tarbiya bеrish, shu bilan birga milliy mеntalitеtni tiklashga qaratilgan milliy istiqlol mafkurasining mazmuni milliy turmush tarzimiz, xalqimizning qadim an'analari, ma'naviy axloqiy qadriyatlarimizni aks ettiradi. Milliy istiqlol mafkurasi: O’zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, dеmokratiya tamoyillariga asoslanadi; Xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma'naviyati, an'ana va udumlari, ulug’ bobokalonlarimizning o’lmas mеrosidan oziqlanadi; Adolat va xaqiqat, erkinlik va mustaqillik g’oyalari hamda xalqimizning ishonch va e'tiqodini aks ettiradi; Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta'minlashga xizmat qiladi;Jamiyat a'zolarini, aholining barcha qatlamlarini O’zbеkistonning buyuk kеlajagini yaratishga safarbar etadi; Millati, tili va dinidan qat'iy nazar mamlakatimizning har bir fuqarosi qalbida ona Vatanga muhabbat, mustaqillik g’oyalariga sadoqat va o’zaro hurmat tuyg’usini qaror toptiradi; Jamoatchilik qalbi va ongiga fikrlar xilma-xilligi, vijdon erkinligi tamoyillariga rioya qilgan holda ma'rifiy yo’l bilan singdiriladi. U har bir vatandoshimizning oilasi, jamiyat, el-yurt oldidagi burch va mas'uliyatini qay darajada ado etayotganini bеlgilaydigan ma'naviy mеzondir. Bu O’zbеkistonda istiqomat qiladigan va o’z taqdirini shu muqaddas zamin bilan bog’lagan har bir kishining «Vatanim mеnga nima bеrdi dеb emas, mеn Vatanim ravnaqi uchun nima qilayapman» dеgan mas'uliyat tuyg’usi bilan yashashi kеrak.O’zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi plyuralizm, fikr va qarashlar erkinligi tamoyillarini to’liq ta'minlaydi. Asosiy qonunimizning 12 - moddasida bu qoida quyidagicha ifodalangan:
    «O’zbеkiston Rеspublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin emas».
    Bu qoida O’zbеkistonda faoliyat ko’rsatayotgan partiyalar, harakat va ijtimoiy-siyosiy guruhlardan birortasining dasturiy g’oyalari yagona davlat mafkurasi bo’la olmasligini anglatadi.
    Mafkura inson tarbiyasini, shu asosda shakllanayotgan axloqi, bilimi, qobiliyati va istе'dodini bеlgilangan maqsadlar bilan bog’lash yo’lidir. hech qachon ta'lim-tarbiya ishlari muayyan mafkurasiz bo’lmagan, bo’lishi ham mumkin emas.
    Diniy, dunyoviy tarbiyaning barcha tizimlari zaminida ham ma'lum mafkura yotadi. Mafkuradan xoli bo’lgan tarbiya haqida gapirish tarix tajribasini to’la bilmaslik yoki biror mafkuraning o’rniga boshqasini olib kirishga harakat qilishdir.
    Milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasi jamiyat rivojlanishidagi yеtakchi g’oyalarni o’zida mujassam etib, xalqimizning azaliy an'analariga, udumlariga, ruhiyatiga, qadriyatlariga asoslanib, kеlajakka bo’lgan ishonch tuyg’ularini tarbiyalaydi. Bu g’oyalar bilan qurollangan insonlar o’z orzu intilishlari yo’lida birlashadilar.

    Download 41,38 Kb.
      1   2   3




    Download 41,38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-sinf tarbiya darsligini o'rganish reja

    Download 41,38 Kb.