|
2-sinf tarbiya darsligini o'rganish reja
|
bet | 2/3 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 41,38 Kb. | | #135813 |
Bog'liq 2-SINF TARBIYA DARSLIGINI O\'RGANISHTarbiya haqida tushuncha. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining tarkibiy qismi bo’lib, tarbiyaviy jarayon mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o’rganadi. Yosh avlodni tarbiyalashda nimalarga e'tibor qaratmoq lozim. Bunday masalalarni hal etishda avvalo mamlakatimizda siyosiy-ijtimoiy sohalarda yuz berayotgan islohatlar mohiyatini chuqur va atroflicha mushohada qilib olishga to’g’ri kеladi. Chunki davr ham, inson tarbiyasi ham o’zgarib bormoqda. Ayniqsa, XXI asr insoniyat tarixida kompyuter davri bo’lib kirib kеldi. Biroq, fan-texnika qanchalik jadal rivojlanib, jamiyat hayotida muhim joy olib, ishlab chiqarish jarayonlarini tezlashuviga qanchalik samarali ta'sir etmasin, tarbiya nazariyasida shaxsni komil etib tarbiyalash, bu borada Markaziy Osiyo mutafakkirlari, xalq pedagogikasi hamda jahon pedagogikasining ilg’or fikrlariga tayanib ish ko’rish zarur bo’ladi. Yoshlarni barkamol inson qilib tarbiyalashda birinchi navbatda Sharq mutafakkirlarining qimmatli ma'naviy meroslari muhim dasturil amal ahamiyatiga ega bo’ladi. Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg’oniy, Imom Ismoil al-Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband, Amir Temur, Muhammad Tarag’ay Ulug’bek, Alisher Navoy va Zahiriddin Muhammad Bobur singari olamga mashhur allomalarining ijtimoiy, siyosiy va falsafiy qarashlari barcha zamonlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. O’z o’tmish madaniy merosini chuqur o’rganmagan va e'zozlamagan, ajdod-avlodlari bosib o’tgan tarixiy yo’lni idrok etmagan, milliy mustaqillik yo’lida jon fido qilgan buyuk ajdodlar faoliyatidan qabardor bo’lmagan inson o’zligini hech qachon anglab yetolmaydi.
O’tmish madaniy merosini o’rganish murakkab jarayoni sanaladi. Madaniy merosi namunalari va ularda ilgari surilgan ezgug’oyalarni yosh avlod ongiga singdirish uzluksiz, izchil, tizimli hamda maqsadga muvofiq amalga oshirilishi zarur.
Tarbiya maqsadi va vazifalari. Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyatan turlicha ifodalab kеlingan bo’lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kеlib chiqib asoslangan.
Tarbiya maqsadi ijtimoiy buyurtma asosida bеlgilanadi. Eng oddiy harakatdan tortib to keng ko’lamli davlat dasturi asosida tashkil etiluvchi tarbiya doimo muayyan maqsadga yo’naltirilgan bo’ladi. Maqsadsiz, ma'lum g’oyani ifoda etmaydigan tarbiya bo’lmaydi. Tarbiya maqsadi asosida uning mazmuni asoslanib, maqsadni amalga oshirishga xizmat qiluvchi metod va usullar aniqlanadi. Tarbiya maqsadining muammosi pedagogikaning dolzarb masalalaridan biri sanaladi.
Tarbiya maqsadi umumiy va individual xarakterga ega bo’lishi mumkin. Ilg’or pedagogika umumiy va individual maqsadlar birligi va uyg’unligini namoyon etadi. Maqsad tarbiyaning umumiy ijtimoiy maqsadni ijobiy hal etishga yo’naltiriladi hamda aniq vazifalar tizimi sifatida namoyon bo’ladi. Demak, tarbiya maqsadi tarbiya jarayonini tashkil etish asosida hal etiladigan vazifalar tizimidir. Tarbiya maqsadlari mohiyati va ko’lamiga ko’ra umumiy va aniq vazifalar sifatida guruhlanadi. Tarbiya maqsadi qanday shakllanadi? Uning shakllanishida ko’plab ob'yektiv sabablar yetakchi rol o’ynaydi.
Organizmning fiziologik yetilish qonuniyatlari, insonning ruhiy rivojlanishi, falsafiy va pedagogik fikrlar yutug’i, ijtimoiy madaniyat darajasi maqsadga umumiy yo’nalish beradi. Biroq asosiy omil doimo davlat mafkura va siyosati bo’lib qolaveradi.
Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi rahbariyati yoshlar orasidan eng iqtidorli, salohiyatlilarini tanlab, saralab olib, ularni ilmiy, madaniy-ma'naviy jihatdan kamolotga yerishishlari, zamonaviy fan-texnika asoslarini puxta o’zlashtirib olishlari uchun g’amxo’rlik qilmoqda. O’zbekiston Respublikasining istiqboli nazarda tutilib, ko’pgina yoshlarning Turkiya, Xitoy, Yaponiya, AQSh, Germaniya kabi rivojlangan xorijiy mamlakatlarga tahsil olish uchun yuborilayotganliklari fikrimizning yorqin dalilidir.
Tarbiya metodlarining maqsadi va mazmuni
Metodning ijobiy va salbiysi boʻlmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yoʻlni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qoʻllanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin.
Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bogʻliq.
1. Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Maqsad nafaqat metodlarni oqlaydi, balki ularni aniqlab beradi. Maqsad qanday boʻlsa, unga erishish metodlari unga muvofiq boʻlishi zarur.
2. Tarbiya mazmuni. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan toʻldirilgan boʻlishi mumkin. SHuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bogʻlash gʻoyat muhimdir.
3. Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish. U yoki shunga oʻxshash vazifalar tarbiyalanuvchilarning yoshi bilan bogʻliqlikda hal qilinadi. Yosh bu oddiygina qancha yashaganligi son koʻrsatkichi emas. Unda egallangan ijtimoiy tajriba, psixologik va ahloqiy sifatlarning rivojlanganlik darajasi oʻz aksini topadi. Aytaylik, mas’uliyat tuygʻusini boshlangʻich ta’lim, oʻrta ta’lim va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan oʻquvchilarda ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish borasida turli metodlar qoʻllaniladi.
4. Jamoaning shakllanganlik darajasi. Oʻzini oʻzi boshqarishning jamoa shaklining rivojlanishi bilan bogʻliqlikda pedagogik ta’sir koʻrsatish metodlari ham oʻzgarmasdan qolmaydi. Bizga ma’lumki boshqaruvning moslashuvchanligi tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan muvafaqqiyatli hamkorligining zaruriy sharti.
5. Tarbiyalanuvchilarning individual oʻziga xosliklari. Umumiy metodlar, umumiy dasturlarning oʻzi tarbiyaviy oʻzaro ta’sir etishning asosi boʻla olmaydi. Ularni indivudual va shaxsiy tuzatish zarur. Insonparvar pedagog har bir shaxs oʻziga xosligini rivojlanishiga, oʻziga xosligini saqlashga, oʻzining «Men»ini amalga oshirishiga imkon beradigan metodlarni qoʻllashga harakat qiladi.
6. Tarbiyaviy shart-sharoitlar. Unga moddiy, psixofiziologik, sanitar-gigienikdan tashqari sinfda yuzaga keladigan munosabatlar: jamoadagi iqlim, pedagogik rahbarlik usuli va boshqalar tegishlidir.Ma’lumki, mavhum shart-sharoitlar boʻlmaydi, ular hamisha aniq. Ularni birlashuvi aniq holatlarda koʻrinadi. Tarbiya amalag oshadigan sharoit pedagogik vaziyatlar nomini oldi.
7. Tarbiya vositalari. Tarbiya metodlari tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari sifatida yuzaga chiqadigan tarbiya vositalaridan tashkil topadi. Metodlar ular bilan mustahkam bogʻlangan va birgalikda qullaniladigan boshqa tarbiya vositalari ham mavjud. Masalan, metodlarni samarali qoʻllanilishi uchun zaruriy yordam beruvchi koʻrgazmali qoʻllanmalar, tasviriy san’at asarlari va musiqa san’ati, ommaviy axborot vositalari.
8. Pedagogik malakani egallaganlik darajasi. Tarbiyachi odatda faqat oʻzi biladigan va qoʻllashni egallagan metodlarni tanlab oladi. Koʻplab metodlar murakkab boʻlganligi bois, oʻkituvchida koʻp kuch ishlatishni talab etadi. Bunday mas’uliyatdan boʻyin tovlaydigan pedagoglar ularsiz faoliyatni tashkil etishga harakat qiladi. Natijada turli obrazli, xilma-xil maqsad, vazifa, sharoitlardan kelib chiqib metodlardan foydalanishga qaraganda samarasi past boʻladi.
9. Tarbiya vaqti. Qachonki, vaqt kam , maqsad esa katta boʻlsa, «kuchli harakatlantiruvchi» metodlar qoʻllaniladi, qulay sharoitlarda esa, tarbiyaning «ayaydigan» metodlaridan foydalaniladi. Tarbiyani «kuchli harakatlantiruvchi» va «ayaydigan» metodlarga boʻlinishi shartli: birinchisi tanbeh berish va majbur qilish bilan, ikkinchisi nasihat qilish va doimiy oʻrgatish bilan bogʻliq.
10. Kutiladigan natija. Metodni tanlayotganda, tarbiyachida muvafaqqiyatga erishishiga ishonch boʻlishi kerak. Buning uchun qoʻllanilayotgan metod qanday natijaga olib kelishini oldindan koʻra bilish kerak.
3. Tarbiya metodlarining tasnifi
Zamonaviy pedagogikada ba’zilari amaliy vazifalarni hal etishga, ba’zilari faqat nazariy vazifalarni oʻzida aks ettiradigan oʻnlab tarbiya tasniflari mavjud.
Metodlar oʻziga xos xarakteriga koʻra ishontirish, mashq, ragʻbatlantirish va tanbeh berishga boʻlinadi. Mazkur holatda metodning umumiy xarakterli belgisi uoʻzida yoʻnalganlikni, oʻziga xoslikni, qoʻllanishga yaroqlilikni aks ettiradi. Bu tasnifga metodlarning koʻproq umumlashganligi bilan ajralib turuvchi tarbiyaning umumiy metodlari mustahkam tutashib ketadi. U oʻzida ishontirsh, faoliyatni tashkil etish, oʻquvchilarning xulq-atvorini ragʻbatlantirish metodlarini qamrab oladi. I.S. Marenkoning tasnifida tarbiya metodlari guruhlar quyidagicha nomlanadi: tushuntirshli-reproduktiv, muammoli vaziyatli, oʻrgatish va mashq metodlari, ragʻbatlantirish, toʻsqinlik qiluvchi, boshqarish, oʻzini-oʻzi tarbiyalash.
|
| |