|
A1+
jamoada ishlash jarayonida guruh a’zolarning fikrlarini jamlay olish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya
|
bet | 39/85 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 322,85 Kb. | | #153092 |
Bog'liq KOMPITINSIYAA1+
jamoada ishlash jarayonida guruh a’zolarning fikrlarini jamlay olish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A1
kundalik hayotda o‘rganilgan matematik usullarni tanlay olish;
zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimiz haqida ma’lumot bera olish.
A1+
milliy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va
asrab-avaylashda matematikaning o‘rnini tushunish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish
hamda foydalanish kompetensiyasi:
A1
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza oladi;
kundalik faoliyatida turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy oladi;
murakkab bo‘lmagan hisoblashlarda, o‘rganilgan tenglamani yechishda,
o‘rganilgan turdagi yassi va fazoviy geometrik figuralarni tasvirlashda hisoblash va
axborot-texnologiyalar vositalardan foydalana oladi.
A1+
sodda savdo-sotiq munosabatlarda, kundalik hayotda matematik bilim va
ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llay oladi;
matematikaga oid yangi bilimlarni izlashda axborot-kommunikatsiya
vositalari, internet saytlaridan foydalana oladi.
186
2-sinfda o‘tilgan materialni takrorlash va umumlashtirish (10 soat, A1+:
14 soat)
1-5-mavzular.
Ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib qo‘shish va ayirish. Qavsli
ifodalar. Qo‘shishning guruhlash qonuni. Sondan yig‘indini ayirish. Sondan
ayirmani ayirish (5 soat).
6-10-mavzular. 0 va 1 sonlari ishtirokida ko‘paytirish. 0 ni songa, sonni 1 ga
va sonni o‘zini o‘ziga bo‘lish. Ko‘paytuvchilarning o‘rinlarini almashtirish xossasi.
Ko‘paytirish va bo‘lish jadvallari. Sonning qismini, qismi bo‘yicha sonning o‘zini
topish (5 soat).
Sodda kombinatorik va mantiqiy masalalar yechish (A1+: 2 soat).
Bo‘yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometrik
masalalar yechish (A1+: 2 soat).
|
| |