|
-bo‘lim. IFODALAR. KATTALIKLAR. O‘LCHASHLAR
|
bet | 47/85 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 322,85 Kb. | | #153092 |
Bog'liq KOMPITINSIYA5-bo‘lim. IFODALAR. KATTALIKLAR. O‘LCHASHLAR.
(30 soat, A1+: 42 soat)
121-124 -mavzular. Harfiy ifodalarga misol va masalalar yechish (4 soat).
125-127-mavzular. Tenglamaga olib kelinadigan masalalarni yechish (3
soat).
128-129- mavzular. Rost va yolg‘on mulohazalarga misollar (2 soat).
130-131-mavzular. Parallel va perpendikulyar to‘g‘ri chiziqlar (2 soat).
132-133-mavzular. Uzunlik va masofa o‘lchov birliklari va ular orasidagi
munosabatlar (2 soat).
134-135-mavzular. Yuz o‘lchov birliklari va ular orasidagi munosabatlar (2
soat).
136-138-mavzular. Vaqt o‘lchov birliklari va ular orasidagi munosabatlar.
Kalendar (3 soat).
139-140-mavzular. Burchak turlari. Yoyiq burchak (2 soat).
141-143-mavzular. Burchak gradusi. 30, 45, 60, 90 gradusli burchaklarni
transportir yordamida o‘lchash. Soat millari (3 soat).
193
144-146-mavzular. Shakllarni burish. Burchak simmetriyasi (3 soat).
147-148-mavzular. Massa o‘lchov birliklari va ular orasidagi munosabatlar
(2 soat).
Arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va
matnli masalalar yechish (A1+: 3 soat).
Bo‘yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometrik
masalalar yechish (A1+: 3 soat).
Sodda kombinatorik va mantiqiy masalalar yechish (A1+: 3 soat).
Nostandart va qiziqarli masalalar yechish (A1+: 3 soat).
Nazorat ishi (1 soat).
Takrorlash (1 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
A1
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar
keltira oladi;
arifmetik amalda qatnashgan noma’lum tarkibiy qismini aniqlay oladi;
sodda vaziyatga oid harfiy ifodani, jumladan, noma’lumlarni o‘z ichiga olgan
ifodani aniqlay oladi va tuza oladi;
miqdorlar (narx-navo, massa, vaqt, uzunlik, yo‘l, yuz, tezlik) orasidagi
bog‘lanishlarni qo‘llab, kundalik hayot bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni arifmetik
usulda (2-3 qadamli) yecha oladi;
nomli kattaliklar (massa, vaqt, uzunlik, yuza, tezlik) va ular orasidagi
munosabatlardan ( kilogramm-gramm, soat-minut, minut-soniya, kilometr-metr,
metr-detsimetr,
detsimetr-santimetr,
metr-santimetr,
santimetr-millimetr)
foydalanib, kattaliklarni o‘qiy oladi va yoza oladi;
A1+
bo‘yashlar, qoplash, qirqishlarga doir sodda geometrik masalalarni yecha
oladi;
arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va
matnli masalarni yecha oladi;
sodda amaliy holatlarda kombinator masalalarini yecha oladi.
|
| |