|
2-sinflar uchun barcha fanlardan kompetensiyali dars ishlanmalari Kompetensiya
|
bet | 55/85 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 322,85 Kb. | | #153092 |
Bog'liq KOMPITINSIYANazorat ishi (1 soat).
Xatolar ustida ishlash (1 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
A1
o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar
keltira oladi;
6•x=426+120, x:18=270–50, 360:x=630:7 ko‘rinishidagi tenglamalarni
komponentlar va amallar natijalari orasidagi bog‘lanishlar asosida yecha oladi;
bir-biriga nisbatan hamohang hamda qarama-qarshi yo‘nalishdagi harakatga
doir 2-4 amalli masalalar, proporsional bo‘lishga doir masalalar, (munosabat
usullari, algebraik usullari, birlikka to‘g‘ri keltirish usuli, birlikka teskari keltirish
usuli) orqali to‘rtinchi proporsionalni topishga doir masalalar, ikki ayirma bo‘yicha
noma’lum sonni topishga doir masalalar, sonning ulushini va ulushi bo‘yicha sonni
topishga, vaqt, tezlik, tekis harakatda bosib o‘tilgan yo‘l;
narx, miqdor, baho kabi kattaliklar orasidagi bog‘lanishlarga oid masalalarni
yecha oladi.
A1+
bo‘yashlar, qoplash, qirqishlarga doir sodda geometrik masalalarni yecha
oladi;
arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va
matnli masalarni yecha oladi;
sodda amaliy holatlarda kombinator masalalaroni yecha oladi.
Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash kompetensiyasi):
A1
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv
vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni kundalik
vaziyatlarda qo‘llay oladi;
201
masalalar yechishda mantiqan to‘g‘ri fikr yurita oladi, mantiqiy noto‘g‘ri
natijalarni aniqlay oladi, misol va qarshi misol tuza oladi;
o‘rganilayotgan matematik holatlarni tahlil qila oladi va shu asosida
mulohazalar ketma-ketligini tuza oladi va uni baholay oladi.
|
| |