|
2-sinflar uchun barcha fanlardan kompetensiyali dars ishlanmalari Kompetensiya
|
bet | 53/85 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 322,85 Kb. | | #153092 |
Bog'liq KOMPITINSIYANazorat ishi (1 soat).
Xatolar ustida ishlash (1 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
A1
o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar
keltira oladi;
sonlarni qo‘sh ish va ko‘paytirish jadvallaridan, arifmetik amallarning
algoritmlaridan foydalangan holda 1 000 000 ichida nomanfiy butun sonlar ustida
qo‘sh ish va ayirish amallarini og‘zaki va yozma bajara oladi;
6•x=426+120, x:18=270–50, 360:x=630:7 ko‘rinishidagi tenglamalarni yecha
oladi;
arifmetik amalda qatnashgan noma’lum tarkibiy qismini aniqlay oladi;
o‘rganilgan turlardagi tengsizliklarni yecha oladi;
199
murakkab bo‘lmagan ko‘rinishlarda berilgan ma’lumotlarni o‘qiy oladi; atrof-
borliqdagi sodda obyektlarni geometrik figuralar modellari bilan bog‘lay oladi,
ayrim elementlarini o‘lchay oladi va chamalay oladi;
ikki-uch sonning o‘rta arifmetigini topa oladi.
A1+
bo‘yashlar, qoplash, qirqishlarga doir sodda geometrik masalalarni yecha
oladi;
arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va
matnli masalarni yecha oladi;
sodda amaliy holatlarda kombinator masalalarni yecha oladi.
Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash kompetensiyasi):
A1
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv
vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni kundalik
vaziyatlarda qo‘llay oladi;
o‘qituvchi bilan hamkorlikda o‘quv va amaliy holatlarda maqsadni ifodalay
oladi.
A1+
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq
vaziyatlarda qo‘llay oladi.
|
| |