|
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
|
bet | 49/85 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 322,85 Kb. | | #153092 |
Bog'liq KOMPITINSIYAAxborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
A1
tavsiya etilgan media manbalardan axborotni izlab topa olish, zarur bo‘lsa uni
boshqa ko‘rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza olish;
ustunli, chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar ko‘rinishida
berilgan statistik ma’lumotlarga asoslanib, turli obyekt va hodisalarni taqqoslay
olish;
195
axborotlarni statistik ma’lumotlarning ko‘rinishlarning bir turidan (ustunli,
chiziqli va doiraviy diagrammalar, jadvallar, chizmalar) boshqa ko‘rinishga
o‘tkaza olish;
uchta sonning o‘rta arifmetigini topish.
A1+
mustaqil ravishda turli media manbalardan axborotni izlab topa olish,
dastlabki tahlil qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A1
o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini (maqsadini) topa olish va
ifodalay olish;
o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini qismlarga ajrata olish;
o‘qituvchi bilan birgalikda masala yechimiga yaqinlashish darajasini baholay
olish va zarur hollarda o‘z faoliyatini to‘g‘irlay qila olish;
o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv faoliyat natijasini tahlil qila olish;
o‘qituvchi bilan birgalikda yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish,
ularni tuzata olish;
xususiy misollar va kuzatishlar tahlili asosida obyektlar umumiy hossalarini
aniqlay olish;
mavjud bilim va ko‘nikmalarni kundalik vaziyatga qo‘llay olish;
ijtimoiy hayotdagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining ijobiy estetik-emotsional
munosabatini shakllantira olish;
o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqtira olish.
A1+
o‘zini o‘zi ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantira olish,
kamolotga intila olish, matematikani mustaqil o‘qib-o‘rgana olish, o‘z xatti-
harakatini baholay olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A1
boshqalar fikrini tinglab, tushuna olish, agar bu fikrni noto‘g‘ri deb hisoblasa,
o‘z fikrini himoya qila olish;
atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila
olish va guruhda ishlay olish;
muammo va tushunmovchiliklar ro‘y bergan paytlarda o‘zining tutishi
to‘g‘risida to‘g‘ri qaror qabul qila olish;
guruhda ishlash paytida turli maxsus rollarni ijro eta olish.
A1+
umumiy masalani yechish uchun guruh faoliyati boshqara olish va guruh
a’zolarning fikrlarini jamlab, umumiy fikrni bayon qila olish.
|
| |