• Mahoratli Malakali O’qituvchi Ijodkor Izlanuvchan Bilimdon Zamonaviy
  • Bumerang metodi”
  • Zarafshon shahar 12-maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi




    Download 322,85 Kb.
    bet57/85
    Sana08.02.2024
    Hajmi322,85 Kb.
    #153092
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   85
    Bog'liq
    KOMPITINSIYA

    Zarafshon shahar 12-maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi

    Ruziyeva Zebiniso Tursunmuratovna.
    Mavzu: Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni kompetensiyalarga erishishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar o’rni va ahamiyati.
    Mavzu: Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni kompetensiyalarga erishishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar o’rni va ahamiyati. “Moychechak”
    Maqsad: Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni kompetensiyalarni yetarli darajada egallashiga erishish va ta’limning keying bosqichlariga tayyorlashda zamonaviy pedagogik texnologiyalar unumli va o’rinli foydalanish.
    Vazifa:Boshlang’ich sinflarda ta’lim jarayoniga yangiliklarni olib kirish va joriy etish, yangi ped texnologiyalar yaratish , izlanish olib borish.
    Bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang’ich sinflarda o’qituvchining mahorati, uning zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayonida mohirona tadbiq eta olishi, ta’limning yangi-yangi yo’l va usullarini izlashi, ilg’or pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishi juda muhimdir. Hozirgi kun o’qituvchisi zamon bilan hamnafas yurishi zarur.


    Mahoratli

    Malakali

    O’qituvchi

    Ijodkor

    Izlanuvchan

    Bilimdon

    Zamonaviy

    Yaratuvchi

    Qiziquvchan
    Ilg’or pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayoni unumdorligini oshiradi, o’quvchining mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o’quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o’zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko’nikma va malakalarini shakllantiradi.
    Reja:
    1.Ona tili kommunikativ kompetensiyasini egallashda ped texnologiyalarning samarasi.

    1.O’qish kompetensiyasini egallashda qo’llaniladigan ped texnologiyalar.


    1.Matematika kompetensiyasini egallashda qo’llaniladigan metod va didaktik o’yinlar.
    Ta’limning barcha bosqichlarida ona tili o’qitishning asosiy maqsadi o’rganuvchilarning kundalik, ilmiy va kasbga sohalarda faoliyat olib borishi uchun kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishdan iboratdir.
    Ona tili kommunikativ kompetensiyasi-ona tili bo’yicha egallagan bilim, ko’nikma va malakalarni muloqot jarayonida qo’llash qobiliyatidir. Ona tili kompetensiyalari quyidagilar:

    Lingvistik kompetensiya

    Sosiolingvistik kompetensiya

    kommunikativ kompetensiya

    Pragmatik kompetensiya

    Grammatik


    kompetensiya

    Ona tili fanida o’quvchilkarni fonetika, leksikologiya, so’z tarkibi, so’z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, bog’lanishli nutq bilan bog’liq atamalarni bilib borishlarida, o’rganib olishlarida o’qituvchi zamonoviy pedagogik taexnologiyalarni to’g’ri foydalanishi kerak. Ona tili darslarining samaradorligini oshirish, unda o’quvchilarni faollashtiradigan, mantiqiy fikrlashga undaydigan metod va usullarni ishlab chiqish dolzarb masalalardan biridir.


    Ona tili fanlarida “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Bumerang metodi”, “So’z ichida so’z” o’yini, “Sirli kataklarni to’ldir” o’yini, “Quvnoq alifbo” o’yini, “So’zni toping” o’yini, “Men o’ylagan so’zni topib ayting”, “Nazoratchi harf”, “Domino”, “So’zlar ko’zguda”, “So’z juftlarini davom ettir”, “Xato qilma”, “Sirli kataklarni to’ldir”, “Ha- yo’q”, “Sehrli so’z”, “O’z joyini top”, “Zanjir”, “Aql charxi”, “Noto’g’ri jumla” “Bo’lishi mumkin emas” kabi ta’limoy o’yinlardan foydalanilsa o’quvchi mavzuni o’zlashtirishi osonlashadi, qiziqarli bo’lishi bilan, ularni ziyrak, sinchkov bo’lishga ham undaydi.
    Masalan “Xato qilma” ta’limiy o’yinida o’qituvchi biror narsani yoki uning rasmini ko’rsatadi. O’quvchilar uning nomini aytadilar va so’z necha bo’g’inli bo’lsa, o’sha son yozilgan kartochkani ko’rsatadilar. M: Olamaxon-3soni.Bu o’yin orqali bo’g’inni o’rganishlari oson kechadi.
    Bumerang metodi” biror mashqda berilgan hikoyadan foydalanib shaxs va narsaning belgisiga doir o’qituvchi savol aytadi va koptokni o’quvchiga beradi. O’quvchi o’sha matndan foydalanib, belgini bildirgan so’zlarni topib, koptokni qaytaradi. M: Qanday? A’lo, iqtidorli,
    Ona tili ta’limi o’quvchilarda tafakkur qilish faoliyatini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o’zgalar fikrini anglash, o’z fikrlarini og’zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo’la olish ko’nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
    “Moychechak” o’yini. Bu o’yinda moychechak rasmi chiziladi yoki tayyorlangan maketi qo’yiladi. Moychechak o’rtasida savol yoki topshiriq beriladi. O’quvchi gul yaproqlarga javob yozadi. Bu o’yin kichik guruhlarda yoki a’lohida baharilishi mumkin.



    Download 322,85 Kb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   85




    Download 322,85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zarafshon shahar 12-maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi

    Download 322,85 Kb.