|
O‘qish fani bo‘yicha uzluksiz ta‘lim tizimining
|
bet | 65/85 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 322,85 Kb. | | #153092 |
Bog'liq KOMPITINSIYA
6
O‘qish fani bo‘yicha uzluksiz ta‘lim tizimining
majburiy ta‘lim bitiruvchilariga qo‘yiladigan minimal
TALABLAR
Bilishi kerak bo‘lgan:
Tushunchalar: O‘qish fanining estetik, tarbiyaviy, ta‘limiy ahamiyati, so‘zning ifoda imkoniyatlari,
so‘z orqali inson his-tuyg‘ulari hamda tabiat manzaralarining tasvirlanishi, xalq og‘zaki ijodi, bolalar
adabiyoti, o‘zbek va jahon bolalar adabiyoti namunalari, adabiy tur va janrlar haqida umumiy bilimga
ega bo‘lish.
Nazariy bilimlarni namoyon qilish: o‘rganilgan asarlarga mustaqil ravishda baho berish; o‘rganilgan
adabiy-nazariy tushunchalarning qo‘llanilishiga doir test topshiriqlarini bajarish.
Axborotlarni mustaqil ravishda izlash: Turli manbalar (darslik va o‘quv qo‘llanmalar, lug‘at,
bolalar adabiyotlari)dan foydalanib, adabiy mazmundagi axborotlarni izlash va foydalanish.
Amaliyotda qo‘llay olishi kerak: O‘rganilgan xalq og‘zaki ijodi, bolalar adabiyoti, jahon bolalar
adabiyoti namunalaridan tegishli xulosalar chiqarish, ibrat olish, yaxshi insoniy fazilatlarni o‘ziga
singdirish, o‘rganilgan maqol, she‘riy satrlar va boshqa badiiy asarlardan kundalik og‘zaki
so‘zlashuvlarda o‘rinli foydalanish, asar va uning qahramonlariga yozma va og‘zaki tavsif berish, badiiy
ijod namunalari (nasriy, she‘riy)ni ifodali o‘qish, ularning mazmunini tushunish, anglash va idrok etish.
Badiiy matn yoki uning parchasini ifodali yod aytish, qayta hikoyalash, o‘zgalarga tushuntirib berish,
munosabat bildirish va baholay olish, og‘zaki va yozma nutqni boyitish, rivojlantirish, tushunarli va
ravon, og‘zaki hamda yozma nutqqa ega bo‘lish.
O‘qish fanidan majburiy ta‘lim tizimining bosqichlari
|
| |