sintaksis: gap, gap bo‘laklari (ega va kesim), gapda so‘zlarning bog‘lanishi,
gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari (darak, so‘roq, undov), gapning ikkinchi
darajali bo‘laklari.
Nutqiy
kompete
nsiya
O‘qish
-mashq va topshiriqlar tarkibida berilgan she‘r, maqol, hikmatli so‘z,
rivoyatlarni ifodali o‘qish.
Fikrni
og‘zaki
bayon
qilish
Tovushlar talaffuziga rioya qilish:
-tovush va harfni farqlay olish;
-so‘zlarni bo‘g‘inlarga to‘g‘ri ajrata olish;
-ruxsat, uzr so‘rash, iltimos kabi nutq madaniyatiga doir murojaat qoidalariga amal qilish
Fikrni
yozma
bayon
qilish
-80ta so‘zgacha (1-sinf 15-20, 2-sinf 30-40, 3-sinf 50-60, 4-sinf 75-80) bo‘lgan
diktantni xatosiz va matnni husnixat qoidalariga amal qilib yozish;
-6-7 gapdan ( 1-sinfda 2-3 ta gap , 2-sinfda 4-5 ta gap, 3-sinfda 5-6 ta gap,4-sinfda
6-7 ta gap) iborat sodda matn (fikr bayon qilish ehtiyoji bilan bog‘liq mavzu
asosida) xabar, tasvir, muhokama elementli matn yarata olish, nutqda o‘quvchiga
tanish bo‘lgan va ko‘z oldiga keltira oladigan buyum, manzara, voqea-hodisalar
tasvirini ifodalash, tabriknoma, xat yozish, tasviriy bayon yozish, yozma nutqda
xat boshiga rioya qilish, shaxslarga, joylarga, hayvonlarga atab qo‘yilgan nomlarni
bosh harfda yozish, imlo qoidalariga amal qilish.
Til
kopete
nsiyasi
Fonetika
(grafika
va
orfografi
ya)
Tovush va harf, unli va undosh tovushlarni farqlash, yozuvdagi ifodasini ajratish,
nutq tovushlarining hosil bo‘lishi, bosma va yozma harflarni izohlay olish, so‘zning
bo‘g‘inga bo‘linishi, unlilar bo‘g‘in hosil qilishi, bo‘g‘in tarkibi, so‘zlarni
bo‘g‘inlarga ajratish, ularning bir satrdan ikkinchi satrga ko‘chirilishini bilish,
o‘zbek tilidagi 29 ta harf, 26 ta harf va 3 ta harf birikmasini bilish.
Leksika
So‘zning atash mahnosini bilish, sodda matnlarda mavzuga oid so‘zlardan to‘g‘ri
foydalanish, mavzuga oid so‘zlar va muomala odobi birikmalarini turli
kommunikativ vaziyatlarda qo‘llash.
Grammat
ika
So‘z tarkibi: asos va asosdosh so‘zlar, qo‘shimchalar, egalik, kelishik, shaxs-son
qo‘shimchalarini farqlay olish;
morfologiya: so‘z va uni so‘roqlar asosida mahnosiga ko‘ra guruhlashni (shaxs,
narsa, belgi, harakat, miqdor bildiruvchi so‘zlar), so‘z turkumlari elementlarini
bilish;
sintaksis: gap, gapda so‘zlarning bog‘lanishini, gap bo‘laklari (ega va kesim),
gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari (darak, so‘roq, undov)ni bilish, sodda
grammatik va sintaktik tuzilmalarni nutqda to‘g‘ri qo‘llay olish.
Sosiolingvis-
tik kompetensiya
O‘zaro muloqot hamda kundalik xayotdagi vaziyatlarda tildan foydalanib o‘z fikrini
ravon bayon etish;
-ijtimoiy hayotda ro‘y bergan voqea hodisalarga o‘z munosabatini bildirish.
Pragmatik
kompetensiya
Nutq sharoiti, nutq vaziyatiga mos ravishda til imkoniyatlaridan foydalanish.
|