Adabiy ta‘limning asosiy maqsadlari quyidagilar:
o‘quvchilarning yosh va psixofiziologik xususiyatlarini e‘tiborga olib, milliy va jahon adabiyotining
eng munosib namunalari bilan tanishtirish asosida ularning qalbida vatanparvarlik, ezgulik,
insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan rag‘bat, mehr va muhabbat uyg‘otish;
fuqarolik va vatanparvarlik ruhida, adabiyotga, milliy, madaniy-mahrifiy qadriyatlarga nisbatan
hurmat ruhida tarbiyalash;
boy mahnaviy dunyosini shakllantirish;
ulardagi mustaqil fikrlash, ijodkorlik qobiliyatlarining shakllanishi va rivoji uchun imkoniyat yaratish;
so‘z sanhati vositasida o‘quvchining individual va shaxslik fazilatlarini rivojlantirish.
Mazkur maqsadlarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarning bajarilishi zarur:
o‘quvchilarda badiiy adabiyotga nisbatan mehr uyg‘otish;
og‘zaki nutqlarining adabiy til mehyorlari asosida shakllanishi va rivojini tahminlash,
nutqiy
kompetensiyani o‘stirish;
yozma nutqlarida yuksak savodxonlik, adabiy til mehyorlariga rioya etish, uslubiy rang-
barangliklardan foydalana olishga oid ko‘nikma va malakalarning shakllanishiga erishish;
badiiy asar mazmun va mohiyatini, undagi go‘zallik va nafosatni his etishga o‘rgatish;
badiiy matnni emosional tarzda idrok etish va qabul qilishni, obrazli va analitik tafakkur hamda ijodiy
fikrlashni, kitobxonlik madaniyatini, adabiyotning boshqa sanhat asarlari bilan yaqin va farqli jihatlari
haqidagi tasavvurlarini, ularning og‘zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish.
Adabiy kompetensiya - adabiyot fani bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini kundalik
hayotda duch keladigan voqea-hodisalarga tatbiq etish, adabiy jarayon yangiliklarini tushunish, adabiy-
nazariy qoidalardan badiiy asarlarni tahlil qilish va baholashda o‘rinli foydala olish qobiliyatidir.
|