|
2-sinflar uchun barcha fanlardan kompetensiyali dars ishlanmalari Kompetensiya
|
bet | 68/85 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 322,85 Kb. | | #153092 |
Bog'liq KOMPITINSIYAA1 daraja uchun:
Tinglab tushunish:
O‘qituvchining nutqini va u tomonidan beriladigan topshiriqlarni tushunish. O‘rganilgan she‘riy va
nasriy matnlar mazmunini tushunish, idrok etish. Turli mavzulardagi suhbatlarda tushungan holda
ishtirok etish. Ommaviy axborot vositalari materiallarini tinglab tushunish.
O‘qish:
Hikoya, she‘r, ertak, topishmoq, maqol, tez aytish, rivoyatlarni ifodali, tushunib o‘qish. She‘rni
talaffuz qoidalariga rioya qilgan holda ifodali o‘qish. Matndagi so‘z, gaplarning mahnosini tushunib
o‘qish. Bolalar yozuvchilarining turli janrdagi asarlarini mustaqil o‘qish, maktab kutubxonasidagi
badiiy asarlardan unumli foydalanib, ularni o‘qish.
Gapirish:
Hikoya, she‘r, ertak, topishmoq, maqol, tez aytish, rivoyatlarni to‘liq yoki qisqartirib so‘zlab berish.
Bolalar yozuvchilarining turli janrdagi asarlari mazmunini so‘zlay bilish. Asar qahramonlarining xatti-
harakatiga munosabat bildirish. O‘qilgan asar asosida kichik sahna ko‘rinishlarida qatnashish.O‘quv
yili yakunida 20 ta she‘rni yoddan aytib berish. Mavzu yuzasidan suhbatda ishtirok eta olish. Asarga
ishlangan illyustrasiyalarga munosabat bildirish.
Yozish:
Husnixat va imlo qoidalariga rioya qilgan holda yozish. Asardagi qahramonlar haqida kichik matn
tuza olish. Badiiy asar mazmuni yuzasidan savollarga javob yoza olish. Bolalar yozuvchilari, ularning
asarlari nomini mustaqil yoza olish , tabiat tasviri, kuzatilgan voqea va hodisalar haqida kichik hajmdagi
matnlarni yoza olish. O‘rganilgan mavzular doirasida bayon yozish va kichik matn yaratish.
8
|
| |