• Sosiolingvistik kompetensiya
  • Ona tili kommunikativ kompetensiyasi




    Download 322,85 Kb.
    bet62/85
    Sana08.02.2024
    Hajmi322,85 Kb.
    #153092
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   85
    Bog'liq
    KOMPITINSIYA

    Ona tili kommunikativ kompetensiyasi – ona tili bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va 
    malakalarni muloqot jarayonida qo‘llash qobiliyati. 
    Kompetensiyalar quyidagi guruhlarga ajratiladi: 


     

    Lingvistik kompetensiya -til sathlari (fonetika, leksika, grammatika) haqida bilimlar va tilning ifoda 
    vositalarini (o‘qish texnikasi, o‘zgalar fikrini va matn mazmunini anglash, fikrni yozma shaklda bayon etish) 
    egallashni nazarda tutadi. 

    Sosiolingvistik kompetensiya -so‘zlovchining biror bir nutqiy vaziyat, kommunikativ maqsad va xohish-
    istagidan kelib chiqqan holda kerakli lingvistik shakl, ifoda vositalarini tanlash imkonini yaratadi.


    Pragmatik kompetensiya -kommunikativ vaziyatda tushunmovchiliklar paydo bo‘lganda takroran so‘rash, 
    uzr so‘rash va hokazolar orqali murakkab vaziyatlardan chiqib keta olish, egallangan bilimlarning amaliy 
    imkoniyatlaridan o‘rinli foydalana olish qobiliyatini nazarda tutadi.
    O‘quvchining mustaqil fikrlashi, o‘zgalar fikrini anglashi, nutq va muloqot madaniyati rivojlanishi uchun ona tili
    ta‘limi standart talablariga javob berishi, ona tilini kommunikativ va lingvistik kompetensiyasi bo‘yicha yetarli darajada 
    egallashlari ko‘zda tutiladi.
    SHu maqsadda ushbu o‘quv fanining asosiy mazmunida quyidagi talablar ko‘zda tutiladi: 
    1. Ona tilidan muloqot malakasini egallash (kommunikativ kompetensiya). 
    2. Til materiali va vositalarini nutqda qo‘llay bilish uchun yetarli bilimlarni o‘zlashtirish (grammatik 
    kompetensiya). 
    Ushbu mazmun asosan kommunikativ kompetensiyani egallash orqali ona tilini o‘rgatishning 
    umumta‘limiy maqsadini ko‘zda tutadi. 


    1.

     

    Kommunikativ kompetensiya. 
    Ona tili fanidan Davlat ta‘lim standarti shu til bo‘yicha egallanadigan nutqiy faoliyatning asosiy uch 
    turi: o‘qish, gapirish va yozish amallari bo‘yicha har bir sinfda taqozo etiladigan bilim va ko‘nikmalar 
    mehyorini belgilab beradi. Bunda o‘quvchining notanish matnni ifodali o‘qiy olishi, o‘zgalar fikrini va matn 
    mazmunini anglash hamda uni og‘zaki qayta bayon qila olish darajasi, fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay 
    olishi, tilning ifoda vositalaridan o‘rinli va unumli foydalana bilishi, imloviy savodxonligi kabi 
    kompetensiyalarni egallab borish dinamikasi nazarda tutiladi. 


    Download 322,85 Kb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   85




    Download 322,85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ona tili kommunikativ kompetensiyasi

    Download 322,85 Kb.