|
2-sinflar uchun barcha fanlardan kompetensiyali dars ishlanmalari Kompetensiya
|
bet | 73/85 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 322,85 Kb. | | #153092 |
Bog'liq KOMPITINSIYArivojlantiruvchi – berilgan mahlumotlar asosida tarkibli masalalar tuzishga, turli rivojantiruvchi
mashqlar va boshqotirmalarni yechishga, egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini kundalik turmushda
qo‘llashga o‘rgatish, ta‘limning keyingi bosqichida matematikani o‘rganishga zamin tayyorlash.
Davlat ta‘lim standartining tarkibiy qismi sifatida ―Matematika‖ fani bo‘yicha majburiy minimal ta‘lim
mazmuni berilgan. Majburiy minimal ta‘lim mazmuni boshlang‘ich ta‘limda ―Matematika‖ fanida
o‘quvchilarga beriladigan minimal o‘quv materiallari bo‘lib, o‘quv dasturini tuzishda tayanch vazifasini
o‘taydi. O‘quv dasturida DTSda belgilangan majburiy minimal o‘quv materiallari batafsilroq beriladi.
Dasturdan majburiy minimal o‘quv materiallaridan tashqari qo‘shimcha o‘quv materiallari ham o‘rin olishi
mumkin.
Majburiy minimal ta‘lim mazmunida keltirilgan kompetensiyalar DTSda belgilangan majburiy
minimal o‘quv materiallarini o‘zlashtirish uchun beriladigan imkoniyat darajalari majmuasini ifodalaydi.
Belgilangan kompetensiyalar asosida dasturning tegishli o‘quv materiallari oxirida o‘lchov asboblari,
namoyish tajriba va amaliy ishlar ro‘yxati keltiriladi. Har bir sinf uchun o‘quv dasturi so‘ngida keltiriladigan
o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqishda ham DTSning majburiy
minimal ta‘lim mazmunida belgilangan kompetensiyalar asos qilib olinadi. O‘quv dasturi asosidagi darsliklar
mazmunida, birinchi navbatda, shu kompetensiyalarga erishish maqsad qilib qo‘yiladi. O‘qituvchi tomonidan
ta‘lim jarayonini tashkil etishda har bir o‘quvchi kompetensiyalarda belgilangan talablarga erishishiga imkon
yaratadi, har bir darsni o‘tishda shu talablarga alohida e‘tibor beradi.
|
| |