• Korreksion-rivojlantiruvchi maqsad
  • II. O’tilgan mavzuni takrorlash. Uy vazifasini tekshirish: - O’tgan darsda biz siz bilan qanday mavzuni o’tgan edik - Nimalarni bilib olgan edingiz III. Asosiy qism
  • IV. Jismoniy daqiqa
  • V. O’quvchilarni rag’batlantirish darsni yakunlash: Dars yakunida , darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish , darsni yakunlash . VI . Uyga vazifa
  • 2-sinflar uchun Tabiiy fanidan




    Download 4.38 Mb.
    Sana26.03.2024
    Hajmi4.38 Mb.
    #177301
    Bog'liq
    2-sinf Tabiiy fan (Science) Yer - sayyora mavzusida dars ishlanma
    MATEMATIKA SYLLABUS 2022-23, 8-ma’ruza. Axborotlarni kodlash va dekodlash. Turli sanoq sistem-fayllar.org, O\'zbekistonda yer-suv munosabatlari tarix, Sillabus, Презентация Microsoft PowerPoint



    Toshkent viloyati Olmaliq shahar
    6-alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan yordamchi maktab
    Boshlang’ich sinf o’qituvchisi
    Ismoilova Fotima Islamovnaning
    2-sinflar uchun
    Tabiiy
    fanidan
    Yer. Sayyora”
    m avzusida dars ishlanmasi


    Fan:Tabiiy fan Sinf: 2 –V Sana 27.11.2023
    Mavzu: Yer- sayyora
    Maqsad: O’quvchilarga Yer sayyorasi mavzusi yuzasidan tushuncha berish.
    Ta’limiy: O’quvchilarni Yer, uning shakli , yer haqidagi qadimiy g‘oyalar bilan tanishtirish;
    Tarbiyaviy: o‘quvchilarda fanga va o‘qishga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, axloqiy , ya’ni mehr-muhabbat, vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, g‘amxo‘rlik kabi fazilatlarni tarbiyalash ;
    Korreksion-rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchining diqqati, xotirasi, tasavvuri, tafakkuri, aqliy va fikrlash, eshitish qobiliyatlarini, og‘zaki va yozma nutqini,mayda barmoq matorikasini yanada rivojlantirish va korreksiyalash.
    Jihoz:darslik, doska, o’quv qurollari, kompyuter, mavzu yuzasidan slayd va rasmlar.
    Darsning borishi
    I. Tashkiliy qism:
    -O’quvchilar bilan salomlashish
    - O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish
    - O’quvchilar diqqatini darsga qaratish


    Motivatsiya.

    Keling, ishga tayyorlanaylik.


    Birgalikda salomlashaylik.
    Hammamiz stol atrofidamiz
    Mehmonlarni kutib olaylik.
    Keling, nafasimizni rostlab
    Darsimizni hozir boshlaylik!

    - Bir necha darslar davomida biz "Atrofimizdagi olam" bo'limini o'rgandik va endi oldingi mavzu-lardan nimani o'rganganingizni tekshiramiz.




    II. O’tilgan mavzuni takrorlash. Uy vazifasini tekshirish:
    - O’tgan darsda biz siz bilan qanday mavzuni o’tgan edik?
    - Nimalarni bilib olgan edingiz?
    III. Asosiy qism:
    - Bugun darsda biz yana haqiqiy olimlar kabi tabiatni o'rganamiz. Nima uchun?
    - Darsimiz qanday o'tishini xohlaysiz? (Qiziqarli, tarbiyaviy)
    - Bu nimani talab qiladi? (Faol ishlang, bir-biringizga yordam bering, o'ylang, tasavvur qiling)

    • Sayyoramizni qanday tasavvur qilasiz?

    Yer – Quyosh atrofida aylanuvchi sayyoralardan biri. U Quyoshdan uzoqligiga ko‘ra uchinchi sayyora.
    Sayyoramiz boshqa osmon jismlari singari sharsimon shaklda. Uni futbol to‘piga qiyoslash mumkin. Yerning kichraytirilgan modeli – globus.

    Sayyoramizning katta qismi okean va dengizlardan iborat. Quruqlik esa kamroq maydonni egallaydi.
    Yer o‘z o‘qi va Quyosh atrofida doimiy harakat qiladi. Uning o‘z o‘qi atrofida aylanishidan kun va tun, Quyosh atrofida aylanishidan esa yil hosil bo‘ladi. Bizga quyosh har kuni ertalab yer yuzining bir tomonidan chiqib, kechga yaqin Yer yuzasining narigi tomoniga botadigandek ko‘rinadi. Aslida esa Yer o‘z o‘qi atrofida aylanayotgan bo‘ladi.



    IV. Jismoniy daqiqa


    - Mayda barmoq mushaklarini, diqqat va tafakkurni rivojlantirish mashqlari.(sanoq cho’plari yordamida o’quvchilar namunada berilgan shakllarni yasaydilar).
    IV .Yangi mavzuni mustahkamlash .

    • Bolajonlar , mana bu rasmlarga ahamiyat bering. Bu rasmlarda qadim zamonlarda yer shakli insonlar tasavvurlariga ko’ra mana shunday ko’rinishda bo’lgan deb hisoblashgan.






    Klaster tuzish



    O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilarni savollariga javob beriladi ularga tabiat va tabiat hodisalari haqida olayotgan bilimlari va tushunchalari haqida so’ralib bir birlari bilan taassurotlarini o’rtoqlashadilar.
    1. Yer qanday harakatlanadi?
    2. Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi nimalarda ko‘rinadi?
    3. Yer Quyoshdan uzoqligiga ko‘ra nechanchi sayyora?


    V. O’quvchilarni rag’batlantirish darsni yakunlash:
    Dars yakunida , darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish , darsni yakunlash .
    VI . Uyga vazifa :
    O`tilgan mavzu yuzasidan ma’lumotlar yig’ish va namuna asosida sayyoralarni toppish va bo’yash.



    Download 4.38 Mb.




    Download 4.38 Mb.