«Sichqoncha»
va monipulyatorlar. Shaxsiy hamda ko’chma kompyuterlarda
foydalanuvchining buyruqlarini kiritishga xizmat qiluvchi qurilmalar bo’lib, oddiy, optik,
infraqizil va radio «sichQoncha» larga (shaxsiy hamda ayrim ko’chma kompyuterlarda) hamda
trekbol, trekpad hamda trekpoyt kabi monipulyatorlarga (ko’chma kompyuterlarda) bo’linadi.
Ta’minlash bloki. Bu qurilma asosan, quyidagi vazifalarni bajarishga mo’ljallangan:
- elektr tarmog’idagi 220 volt kuchlanishli o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokga aylantirish;
- hosil qilingan o’zgarmas tokni maxsus o’tkazgichlar orqali kompyuterning elektron
qurilmalariga kerakli kuchlanishda uzatish.
Zamonaviy ta’minlash bloklari bulardan tashqari yana bir muhim vazifani ham bajaradi ya’ni,
elektr tarmog’idagi kuchlanish keskin oshib ketganda yoki keskin kamayib ketganda avtomatik
ravishda kompyuterni elektr quvvati bilan ta’minlashni to’xtatadi. Chunki, bunday holatlar
kompyuterga va uning elektron qurilmalariga halokatli ravishda ta’sir ko’rsatadi.
|