• Prosessor.
  • Tezkor xotira.
  • 2 soat O’quv vaqti




    Download 0,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/11
    Sana12.01.2024
    Hajmi0,51 Mb.
    #136162
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    1-amaliy Diagnostika qilish va tuzatish jihozlari bilan tanishish va ishlashni o’rganish. (2 soat)

    Tizimli plata. Fiberglas (shisha tolali) materialdan ishlangan yassi to’g’ri to’rtburchak 
    shaklidagi plata bo’lib, kompyuterning tizimli blokining ichiga o’rnatiluvchi platalarning eng 
    kattasidir. Kompyuterning asosiy qurilmalarini bitta tizim qilib birlashtirib o’rnatishga va ulashga 
    xizmat qiladi. Ya’ni, qurilmalarni o’rnatishga va ulashga xizmat qiluvchi maxsus uyachalardan 
    (raz’yomlardan), hamda shu qurilmalarning ishlashini nazorat qilib boruvchi va ularning 
    talabdagidek ishlashini ta’minlovchi mikrosxemalardan tashkil topgan platadir. Tizimli 
    platalarning asosiy sifatiy ko’rsatkichlaridan biri – uning aloqa uzatish tizimlarining 
    (shinalarining) tezkorligidir. Bunday tezkorlik – ularning takt chastotalarida (MegoGerslarda – 
    MGs larda) ifodalanadi. Zamonaviy tizimli platalarda shinalarining tezkorligi 100 MGs dan 300 
    MGs gacha boradi. Ya’ni, bunday shinalar orqali tizimli plata o’ziga o’rnatilgan (ulangan) 
    qurilmalar bilan kamida 100 MGs (100MGs = soniyasiga 100x1024 = 1024000 KiloGers (KGs) 
    = 1024000x1024 = 104 857 600 Gers (Gs) tezlikda, yoki boshqacha qilib aytganda 104 857 600 
    signal/soniya) tezlikda ma’lumot almasha oladi.
    Prosessor. Kompyuterning «miya»si hisoblanuvchi qurilmadir. Chunki kompyuter 
    tomonidan bajarilayotgan barcha amallar (hisoblash, nazorat qilish, boshqarish kabi amallar) 
    aynan shu qurilma tomonidan bajariladi. Kompyuterning eng zarur qurilmasi bo’lgani uchun ham, 
    kompyuterning modeli (markasi) aynan unga o’rnatilgan prosessorning modeli (markasi) bilan 
    ataladi. Masalan, Intel Pentium IV prosessori o’rnatilgan kompyuter - Pentium IV kompyuteri deb 
    ataladi. Prosessorlarning asosiy sifatiy ko’rsatkichlaridan biri – ularning takt chastotalaridir. 
    Zamonaviy prosessorlarda bunday ko’rsatkich 1 GigoGers dan (ya’ni, 1024 MGs dan) 4 GigoGers 
    gacha (ya’ni, 4096 MGs gacha) boradi.
    Tezkor xotira. Kompyuterning asosiy ishchi xotirasi bo’lib, ishlashi jarayonida kerakli 
    bo’lgan barcha ma’lumotlarni (qiymatlarni, dasturiy vositalarni, buyruQlarni va h.k. 
    ma’lumotlarni) qattiq diskdan ko’chirib olib, vaqtincha saqlovchi qurilmadir. Yoki, boshqacha 
    qilib aytganda, foydalanuvchi bilan ishlovchi xotiralash Qurilmasi bo’lib, monitor ekranida aks 
    etgan barcha ma’lumotlarni saqlab boradi. Bundan tashqari, prosessor tomonidan qurilmalarga 
    uzatilayotgan barcha ma’lumotlar ham aynan shu xotira orqali o’tadi. Tezkor xotiralash 
    modullaridan tashkil topgan.
    Tezkor xotiralash modullarining sig’imlari (256 Megobaytdan tortib to 2 Gigobaytgacha va 
    undan yuqori), turlari hamda shu modullar o’rnatiladigan raz’yomlarining soni bilan farqlanadi. 
    Energiyaga bog’liq qurilma bo’lgani uchun, kompyuter elektr tarmog’idan uzulgach, undagi 
    ma’lumotlar o’chib ketadi.

    Download 0,51 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0,51 Mb.
    Pdf ko'rish