kompyuter xotirasiga kiritishga hamda kompyuterdagi ma’lumotlarni shunday disklarga yozishga
(CD-RW yoki CD-ReWrite diskovodlari) xizmat qiluvchi qurilmalardir. Asosiy sifatiy
ko’rsatkichlaridan biri – ularning tezkorligidir. Zamonaviy diskovodlarining tezkorligi, ularning
standart tezkorligiga nisbatan ya’ni, soniyasiga 150 kilobayt tezlikda ma’lumotlarni o’qiy olish
yoki yoza olish imkoniyatiga nisbatan hisoblanadi.
Hozirda, tezkorligi 32x, 40x va 52x bo’lgan diskovodlar ishlab chiqilgan. Masalan, tezkorligi
52x (52 karrali) bo’lgan diskovodning unumdorligi soniyasiga 52 x 150 kilobayt 7,6
Megobaytni tashkil qiladi.
DVD diskovodi. 3,5 dyuymlik (diagonali 88 millimetr bo’lgan) optik disklardagi
ma’lumotlarni o’qib kompyuter xotirasiga kiritishga hamda kompyuterdagi ma’lumotlarni
shunday disklarga yozishga (DVD-RW yoki DVD-ReWrite diskovodlari) xizmat qiluvchi
qurilmadir. DVD diskovodlarining tezkorliklari, ularning standart tezkorligiga ya’ni, 1
Megobayt/soniya tezlikda ma’lumotlarni o’qiy olish yoki yoza olish imkoniyatiga nisbatan
hisoblanadi. Hozirda, tezkorligi 8x, 10x, 16x va 20x bo’lgan diskovodlar ishlab chiqilgan.
Masalan, unumdorligi 20x (20 karrali) bo’lgan diskovodning unumdorligi soniyasiga 20x1=20
Megobaytni tashkil qiladi.