Shaxsiy kompyuterlarnig arxitekturasi




Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana12.01.2024
Hajmi0,51 Mb.
#136162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-amaliy Diagnostika qilish va tuzatish jihozlari bilan tanishish va ishlashni o’rganish. (2 soat)

 
Shaxsiy kompyuterlarnig arxitekturasi 
Kompyuter aslo bitta qurilma emas. Balki, uning samarali ishlashini ta’minlash maqsadida 
o’zaro hamkorlikda ishlovchi ko’plab elektron qurilmalardan tashkil topgan hisoblash tizimidir. 
Bular, 
- ma’lumotlarni va buyruqlarni kompyuter xotirasiga kirituvchi qurilmalar; 


- kiritilgan ma’lumotlarni maxsus dasturlar yoki buyruqlar yordamida qayta ishlovchi 
qurilmalar; 
- kiritilgan ma’lumotlarni va olingan natijalarni vaqtincha yoki uzoq vaqt saqlovchi 
xotiralovchi qurilmalar; 
- hisoblash natijalarini foydalanuvchiga qulay va ko’rgazmali ravishda yetkazib beruvchi 
qurilmalar; 
- shu qurilmalarning ishlashini doimiy ravishda nazorat qilib boruvchi va ularning 
talabdagidek ishlashini ta’minlovchi qurilmalar; 
- qurilmalarni kerakli miqdordagi o’zgarmas elektr quvvati bilan ta’minlovchi qurilmalardir.
Ana shunday qurilmalarning majmui kompyuterning qurilmaviy ta’minoti yoki kompyuterning 
konfigurasiyasi deyiladi. 
Har qanday zamonaviy kompyuterning (yoki kompyuter tizimining) konfigurasiyasi quyidagi 
qurilmalardan tashkil topishi mumkin: 
Tizimli blok; Tizimli plata;Prosessor;Tezkor xotira;Qattiq disk diskovodi; 
CD-ROM va DVD diskovodlari;Yumshoq disk diskovodi;Videokarta;Audiokarta; 
 
Monitor;Kompyuterlar to’ri kartasi;Modem kartasi;Klaviatura;«Sichqoncha» yoki 
monipulyatorlar;Ta’minlash bloki;Modemlar;Printerlar;Skanerlar;Strimerlar; 
 
Magnitooptik diskovodlar;Ko’chma (mobil) qattiq disklar;Plotterlar;Digitayzerlar; 
Kompyuterlar to’ri kartasi (Network - card); Modem kartasi (Modem - card); Web - 
TV 
va 
VGA-NTSC 
kartalari;Uzluksiz 
ta’minlash 
bloki;Antielektrostatiklar;Web-
kameralar;Multiproyektorlar;Audiokolonkalar;Mikrofor 
va 
naushniklar;Raqamli 
fotokameralar;Raqamli videokameralar;Flesh-karta va flesh-breloklar. 
Vazifalariga ko’ra bu qurilmalar, zamonaviy kompyuterlarning asosiy, tashqi va qo’shimcha 
qurilmalarini tashkil qiladi. Shularga ko’ra, zamonaviy kompyuterlarning (yoki kompyuter 
tizimlarining) konfigurasiyalari ham uchta variantda bo’ladi: 
Minimal konfigurasiya – faqat, asosiy qurilmalardan tashkil topadi (ya’ni, kompyuterning o’zi); 
To’liq konfigurasiya – asosiy va tashqi qurilmalardan tashkil topadi (kompyuter tizimi); 
Kengaytirilgan konfigurasiya – asosiy, tashqi hamda qo’shimcha qurilmalardan tashkil topadi 
(kengaytirilgan kompyuter tizimi).

Download 0,51 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish