174
11-bob. ENERGIYA
2-tajriba
Bizga kerak
Ishni bajarish tartibi
▸
shisha stakan
▸
muz bo‘lagi
▸
temir qoshiq
▸
termometr
▸
elektr choynak
▸
xavfsizlik qoidasi belgisi
1. Elektr choynakda suv isitib oling va shisha stakanga
quying.
2. Stakanga termometrni tushiring va suv haroratini o‘lchang
va (
t =…) natijani jadvalga yozing.
3. Stakanga bir bo‘lak muzni soling hamda uning erishini
kuting.
4. Muz erib bo‘lgach, idishdagi suvning
haroratini termometr
yordamida o‘lchang va (
t =…) natijani jadvalga yozing.
5. Har ikkala holatdagi termometr ko‘rsatkichlarini
taqqoslang va xulosa chiqaring.
T/r
Muz solinmasdan oldingi
termometr ko‘rsatkichi,
t (ºC)
Muz erigandan keyin termometr
ko‘rsatkichi,
t (ºC)
Suv haroratining
o‘zgarishi
1
2
Suv haroratining o‘zgarish sababini tushuntiring.
Energiya bir jismdan ikkinchi jismga o‘tganda energiya almashinuvi sodir bo‘la-
di. Ma salan, futbol to‘pini tepganda oyog‘ingizning energiyasi to‘pga o‘tadi, natijada to‘p
harakatga keladi. Quyosh energiyasi o‘simliklarning o‘sishiga yordam beradi. Lampoch-
kaga berilgan elektr energiyasi yorug‘lik energiyasiga aylanadi.
Elektr isitkich yonida
o‘tirganingizda tanangiz issiqlik olganini sezasiz.
Rasmlarga qarab energiya almashinuvini muhokama qiling.
1. Issiqlik almashinuvi nima?
2. Issiqlik almashinuvining qanday usullarini bilasiz?