171
11-bob. ENERGIYA
L O Y I H A I S H I
78-MAVZU.
ENERGIYANI TEJASH
Qishda uy sharoitida energiyani qanday tejash mumkin?
Loyiha ishini quyidagi reja asosida bajaring:
1. Loyiha ishi mavzusini tanlash.
2. Loyiha ishi olib boriladigan tadqiqot obyektini belgilash.
3. Loyiha ishining maqsadini aniqlash.
4. Loyiha ishini bajarishni rejalashtirish.
5. Loyiha ishini bajarish jarayoni.
6. Loyiha ishi bo‘yicha xulosalash.
7. Loyiha ishini bajarishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish.
Xavfsizlik qoidalari:
– loyiha ishi davomida e’tiborli va ehtiyotkor bo‘ling;
– ishga kirishishdan oldin ishning bajarilish tartibini o‘rganing;
– o‘qituvchining tavsiyalariga qat’iy
amal qiling;
– ish joyida faqat amaliy mashg‘ulot uchun zarur bo‘lgan jihozlarni qoldiring;
– issiq suvni plastik idishga solishda ehtiyot bo‘ling;
– plastik idishdagi suvning haroratini o‘lchashda ehtiyot bo‘ling.
Energiya tejovchi uy
Loyiha ishida tadqiqot obyekti: issiqlik uzatilishini kuzatish jarayoni.
Maqsad: energiyani tejash usullarini o‘rganish.
Loyiha ishini bajarishni rejalashtirish. Bu bosqichda kerakli jihozlar va ishni bajarish tar-
tibi rejalashtiriladi.
Bizga kerak
Ishni bajarish tartibi
▸
bir xil o‘lchamdagi ikkita
karton quti
▸
1
litrli ikkita plastik idish
▸
2 ta termometr
▸
skotch o‘rami
▸
yupqa
va qalin parda
materiali
▸
polietilen qopcha
▸
qozon
▸
qalam
▸
qaychi
1. Ikkita karton quti bor. Har birining bittadan tomoniga
bir xil oʻlchamli deraza oʻrnini chizing.
2. Deraza chizilgan joyni qaychi bilan kesib oling.
3. Birinchi karton qutining
derazasiga tashqaridan mos
holda bir qavatli polietilen qopchani skotch yordamida
yopishtiring.
4. Birinchi karton quti derazasining ichki tomoniga yupqa
pardani skotch yordamida yopishtiring.
172
11-bob. ENERGIYA
▸
chizg‘ich
▸
yopishtiruvchi lenta yoki
qadoqlash lentasi
▸
pishirish idishi
▸
pechka
▸
suv
5. Ikkinchi karton quti derazasiga ichki va tashqi to-
mondan mos holda ikki
qavatli polietilen qopchani
skotch yordamida yopishtiring.
6. Ikkinchi karton quti derazasining ichki tomoniga qalin
pardani skotch yordamida yopishtiring.
7. Ota-onangiz yordamida qozonda suv isitib, har ikkala
plastik idishga quying.
8. Plastik idishlardagi suv haroratini termometr yorda-
mida o‘lchang va natijalarni jadvalga qayd eting.
9. Har ikkala plastik idishni karton qutilar ichiga joylang
va karton qutini yoping.
10. Karton qutilarni quyosh
nuri tushmaydigan joyga
qo‘ying va vaqtni belgilang.
11. Karton qutilarni 2 soat o‘tgach ochib, har bir karton
quti ichidagi plastik idishlardagi suvning haroratini
o‘lchang va natijalarni jadvalga qayd eting.
12. Ikkala idishdagi suv
haroratlarini taqqoslang va
xulosa chiqaring.
Karton qutilar
Derazalardagi
himoya qobig‘i
Kuzatuv boshidagi
harorat
Kuzatuv oxiridagi
harorat
Birinchi karton
quti
Bir qavatli polietilen qopcha
va yupqa pardali
Ikkinchi karton
quti
Ikki qavatli polietilen
qopcha va qalin pardali
Xonadoningiz va yasagan energiya tejovchi uyingizning o‘xshash va farqli tomon-
larini toping.
1. Xonadonda energiyani tejash uchun qanday o‘zgartirishlar kiritishni taklif qilasiz?
2. Uyingizni isitish jarayonida energiya sarfi ni kamaytirish usullari haqida nima deya
olasiz?