• Bizga kerak Ishni bajarish tartibi
  • 2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet115/132
    Sana09.12.2023
    Hajmi18,41 Mb.
    #114589
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   132
    Bog'liq
    2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd

    74-MAVZU.
    JISMLARNING 
    ISSIQLIKDAN KENGAYISHI
    Nima uchun sut idishdan toshib ketdi?
    Issiqlik hodisalariga biz har kuni duch kelamiz.
    Nonushtaga choy damlanishi, ovqat pishirilishi 
    yoki sovuqdan kelib isinishimiz – barchasi issiqlik 
    almashinuv jarayoni bilan bog‘liq. Issiqlik faqat 
    issiqroq jismdan sovuqroq jismga o‘tadi. Masalan, 
    choynakni pechka ustiga qo‘ysak, ichidagi suv 
    isiydi. Chunki pechka o‘z issiqligining bir qismini 
    suvga beradi. Agarda ushbu choynakni qorning 
    ustiga qo‘ysak, suv isimaydi. Chunki bu holda 
    qor suvdan sovuq. 
    Tabiatdagi barcha jismlar zarralardan tashkil 
    topgan. Jismlar isitilganda undagi zarralar orasida-
    gi masofa ortadi va natijada jism kengayadi. Sovi-
    tilganda esa undagi zarralar orasidagi masofa ka-
    mayadi, ya’ni jism torayadi.
    Bizga kerak
    Ishni bajarish tartibi
    ▸ 
    shtativ
    ▸ 
    temir halqa
    ▸ 
    temir dastak-
    ka ilingan metall 
    sharcha
    ▸ 
    quruq yoqilg‘i
    ▸ 
    keramika plita
    Guruhlarda ishlash.
    1. Shtativga temir halqani mahkamlang.
    2. Temir dastakka ilingan metall sharchani halqadan o‘tkazib ko‘ring.
    3. Metall sharchani halqadan chiqarib oling.
    4. Keramika plita ustiga quruq yoqilg‘ini qo‘ying va yoqing. 
    5. Metall sharchani olov ustiga olib keling va uni olovda qizdiring. 
    6. Qizdirilgan metall sharchani halqadan o‘tkazish uchun ustiga 
    qo‘ying.
    7. Sharchaning halqa ichidan o‘tishini kuzating.
    Xulosa qiling.
    Jismning issiqlikdan kengayishini quyidagi tajribada kuzatamiz.


    164
    11-bob. ENERGIYA
    Sharchaning halqadan o‘tmay qolganini qanday izohlaysiz? 
    Simyog‘ochlardagi elektr o‘tkazuvchi simlar yozda solqa, qishda esa tarang tortilgan 
    holatda bo‘lishini kuzatganmisiz? Sababini tushuntiring.
    Mubina buvisining olchadan murabbo tayyorlaganini kuzat-
    di. Buvisining shisha bankani issiq suv bilan yuvganini, so‘ngra 
    banka ichiga qaynoq murabboni solganini ko‘rdi. 
    Jismlarning issiqlikdan kengayishini bilish turmushda 
    va texnikada juda muhim ahamiyatga ega. Quruv chi-
    arxitektorlar, temir yo‘l quruvchilari qurilayotgan inshoot-
    larda bu muhim xususiyatni inobatga oladilar. Masalan, 
    temir yo‘l relslarining uchlari bir-biriga jips qilib ulanmaydi, 
    ulanish joylarida ozgina kenglik qoldiriladi. Agar shunday 
    qilinmasa, yozning issiq kunlari da relslar uzayib, bir-biri-
    ga qadalib, buklanishga majbur bo‘ladi. Katta ko‘priklarni 
    qurishda, beton plitalarning ulangan joylarida ham shun-
    day ochiq joylar qoldiriladi. Bu ochiq joylarga mashina shi-
    nalari tushmasligi uchun maxsus temir panjaralar yopib 
    qo‘yiladi. Katta ko‘priklar ustidan o‘tganingizda bu cho-
    ralarning guvohi bo‘lasiz. 
    1. Nima sababdan jismlar issiqlikdan kengayadi?
    2. Nima sababdan sovuq shisha idishga qaynoq suv quyilganda u sinib ketadi? 
    Mubina “Buvim nima uchun shisha ban-
    kani issiq suv bilan yuvdi?” deb o‘yladi.
    Banka sovuq suv bilan yuvilganda qan-
    day hodisa yuz berishi mumkin edi? 


    165
    11-bob. ENERGIYA

    Download 18,41 Mb.
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   132




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish