• Maqsad
  • 2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet114/132
    Sana09.12.2023
    Hajmi18,41 Mb.
    #114589
    1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   132
    Bog'liq
    2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd

    Linzalarning qo‘llanishi 


    161
    11-bob. ENERGIYA
    A M A L I Y M A S H G U L O T
    73-MAVZU. 
    SHISHA PRIZMADAN 
    YORUG LIKNING O TISHI
    1. Yomg‘irdan keyin paydo bo‘ladigan kamalakni kuzatganmisiz?
    2. Kamalakda turli ranglar qanday paydo bo‘ladi?
    Maqsad: shisha prizmada yorug‘likning spektrga ajralishini o‘rganish.
    Bizga kerak
    Ishni bajarish tartibi
    ▸ 
    shisha prizma
    ▸ 
    cho‘ntak fonari
    ▸ 
    karton qog‘oz
    ▸ 
    ekran
    Guruhlarda ishlash.
    1. Qog‘oz kartondan cho‘ntak fonarining nur sochadigan qismiga mos 
    doira qirqib oling.
    2. Doiraning markazidan ingichka tirqish oching.
    3. Cho‘ntak fonarining nur sochadigan qismiga tirqish hosil qilingan 
    qog‘oz kartonni skotch bilan yopishtiring.
    4. Cho‘ntak fonarini yoqing va ingichka nur dastasini hosil qiling.
    5. Shisha prizmani stolga qo‘ying.
    6. Shisha prizmadan 15–20 cm masofaga ekranni joylashtiring. 
    7. Cho‘ntak fonari yordamida yorug‘lik nurini prizmaga rasmda 
    ko‘rsatilgandek yo‘naltiring.
    8. Ekranda hosil bo‘lgan spektrlarni kuzating.
    Xulosa qiling.
    Ekranda qanday spektr 
    hosil bo‘ldi?
    Prizmaga tushirilgan oq nur undan o‘tgach, yet-
    ti xil rangga ajraladi. Yorug‘likning yetti xil rangdan 
    tashkil topgan tasviri spektr deb ataladi.
    Quyosh nurlari atmosferadagi suv tomchi-
    laridan o‘t ganda nur spektrlarga ajrala di. Biz bu 
    spektrni kamalak deb ataymiz. Kamalak yoy 
    shaklida bo‘lishiga sabab Yer atmosferasining 
    sharsimon ligidir.


    162
    11-bob. ENERGIYA
    Nima uchun barg yashil, olma qizil rangda bo‘ladi? 
    1. Kamalak favvoraning hamma tomonidan ham bir vaqtda ko‘rinadimi?
    2. Prizmaga faqat bir rangdagi nur yuborilsa, ekranda nima hosil bo‘ladi?
    Atrofi mizdagi jismlarni ko‘ra oli-
    shimiz uchun yorug‘lik manbalariga 
    ehtiyoj sezamiz. Yorug‘lik manbalari-
    dan tarqalgan nurlar jismlarga tushadi 
    va qaytadi. Natijada jismlar ko‘rinadi. 
    Oq nur ostidagi jismlarning turli rang-
    larda ko‘rinishiga oq nurni tashkil etuv-
    chi ranglardan ba’zilarining qaytishi 
    va yutilishi sabab bo‘ladi. Ustiga oq 
    nur tushirilgan jism undan qaytgan 
    yorug‘likning rangida ko‘rinadi. 
    Quyoshdan kelayotgan oq nur 
    yashil barg ustiga tushayotgan bo‘l-
    sin. Oq nur tarkibida yetti xil rang 
    mav jud. Bu nurlar tarkibidagi yashil 
    nur yashil bargdan qaytadi, qolgan
    rangdagi nurlar bargga yutiladi. Yashil 
    nur bargdan qaytgani uchun bargni 
    yashil rangda ko‘ramiz.
    Xuddi shuningdek, olma ustiga 
    tushgan oq yorug‘lik tarkibidagi faqat 
    qizil rang qaytgani uchun biz uni qizil 
    rangda ko‘ramiz.
    olma


    163
    11-bob. ENERGIYA

    Download 18,41 Mb.
    1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   132




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish