A M A L I Y M A S H G U L O T




Download 18,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/132
Sana09.12.2023
Hajmi18,41 Mb.
#114589
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   132
Bog'liq
2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd

A M A L I Y M A S H G U L O T
70-MAVZU. 
JISMLARNING SUZISH SHARTLARI
Maqsad: jismlarning suzish shartlarini tajribada aniqlash.
Bizga kerak
Ishni bajarish tartibi
▸ 
menzurka
▸ 
shisha probirka

qum

quruq mato
1. Menzurkaga suv quying.
2. Probirkaning og‘zini berkitib, suv quyilgan men-
zurkaga soling va kuzating.
3. Probirkani suvdan olib, uni quruq matoda arting.
4. Probirka uzunligining ¼ qismiga teng balandlikda 
qum soling va og‘zini berkiting.
5. Qum solingan probirkani suv quyilgan menzurkaga 
soling va kuzating.
6. Probirkani suvdan olib, uni quruq matoda arting.
7. Probirka to‘lguncha qum soling va og‘zini 
berkiting.
8. Qum solingan probirkani suv quyilgan menzurkaga 
soling va kuzating.
Kuzatishlarni taqqoslang.
Nima uchun kartoshka suv yuziga 
qalqib chiqdi?
Suyuqlik ichida turgan jism qan-
day shartda uning sirtiga qalqib 
chiqadi? 
Qanday shartda suzib yuradi? 
Qanday shartda cho‘kadi?


155
10-bob. HARAKAT VA KUCH
Ahmad qiziq tajriba o‘tkazdi. U ikkita bir xil idishga teng miqdorda suv quydi. Kartoshka 
dastlab birinchi idishga solinganda, u idish tagiga cho‘kdi. Ahmad cho‘kkan kartoshkani 
suvdan olib, ikkinchi idishga solganida kartoshka suv sirtida qalqib qoldi. 
Ahmad tajribasining sirini qanday izohlaysiz?
Agar qattiq jismning zichligi suyuqlik zich-
ligidan katta bo‘lsa, jism suyuqlikka cho‘kadi. 
Zichligi kam bo‘lgan jism suyuqlikda suzib 
yuradi. Zichligi suyuqlik zichligiga teng bo‘lgan 
jism suyuqlik ichida muallaq holda bo‘ladi.
Yer yuzida sho‘r suvli dengiz bor. U O‘lik 
dengiz deb ataladi. O‘lik dengiz Falastin
Iordaniya va Isroil o‘rtasida joylashgan. Bu 
dengiz da inson cho‘milganda cho‘kmaydi, 
chunki dengiz suvining zichligi katta. Shuning-
dek, dengiz suvida tuz miqdori yuqori bo‘lgani 
uchun unda tirik organizmlar yashamaydi. 

Download 18,41 Mb.
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   132




Download 18,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



A M A L I Y M A S H G U L O T

Download 18,41 Mb.
Pdf ko'rish