149
10-bob. HARAKAT VA KUCH
Yangi qurilayotgan uylarga eshik va romlar
o‘rnatishda, pol va shiftlarning tekisligini va uy
burchaklarini to‘g‘ri chiqarishda tutash idishlar
qonuni asosida ishlaydigan qurilmadan foyda-
laniladi.
Bu qurilma uzun shaff of
shlangdan ibo-
rat bo‘lib, shlang
uchlariga darajalangan ikki
silindr idish mahkamlangan.
Shlang ichiga
suv quyiladi.
Silindr lardagi
suv sathlari teng bo‘l gan
nuqtalar bir xil sathda
bo‘ladi.
Masalan, devorga televizor o‘rnatish
uchun kerakli joy-
da nuqta tanlanadi. Shu nuqtaga
teng sathda turgan ikkin-
chi nuqtani topishda tutash idishli qurilmadan foydalaniladi.
Bunda dastlabki belgilangan nuqtaga suvli silindr qo‘yiladi
va silindrning darajalangan biror son qiymati tanlab olinadi. Ik-
kinchi suvli silindr idishdagi suv sathi ham birinchi idishdagi suv
sathiga tenglashtiriladi (tepaga yoki pastga harakatlantirib) va
shu sathda ikkinchi nuqta belgilab olinadi. Silindrlardagi suv sathlari
teng bo‘lganda, belgilangan nuqtalar bir xil sathda bo‘ladi.
1. Uyni isitishda qanday tutash idishlardan foydalaniladi?
2. Uyingizdagi tutash idishlarga misollar keltiring.
150
10-bob. HARAKAT VA KUCH
A M A L I Y M A S H G U L O T
68-MAVZU.
TUTASH IDISHLARDA
SUYUQLIKLARNING JOYLASHUVI
Maqsad: tutash idishlarda suyuqlik zichliklarini balandliklar farqiga qarab aniqlash.