144
10-bob. HARAKAT VA KUCH
Sizga ma’lumki, sayyora-
mizni o‘rab turgan havo
qobig‘i – atmosfera Yerning
yuzasiga va undagi barcha
jismlarga ma’lum kuch bi-
lan ta’sir ko‘rsatadi. Bu kuch
atmosfera bosimi deb ataladi.
Dengiz sathidagi o‘rtacha at-
mosfera bosimi inson uchun qulay
bo‘lib, normal bosim deyiladi. Normal
bosim qiymati 760 mm simob ustuniga
teng.
Atmosfera bosimining o‘zgarishi joyning dengiz sathidan
balandligi, harorat, havo massalarining harakatiga bog‘liq.
Atmosfera bosimi balandlikka ko‘tarilgan sari o‘zgaradi. Masalan, 5000 metr yuqorida at-
mosfera bosimi dengiz sathidagi bosimdan ikki baravar past. Shuning uchun baland tog‘lar-
ga ko‘tarilgan odam nafas olishga qiynaladi. Maxsus tayyorgarlikdan o‘tmagan sayyohlar
tez charchash, nafas qisilishidan aziyat chekadilar.
Ob-havo va bosim. Inson organizmi shunday tuzilganki, ma’lum joyda uzoq vaqt davo-
mida
istiqomat qilsa, shu joydagi iqlim sharoitlariga moslashadi.
Odatiy iqlim sharoitida
inson o‘zini yaxshi his qiladi. Siklon (past bosim) va antisiklon (yuqori bosim) almashi-
nuvi
tez-tez takrorlansa, inson salomatligida muammolar yuzaga keladi.
Siklon vaqtida
havo tarkibidagi kislorod miqdori kamayadi, karbonat angidrid miqdori esa ortadi. Bunday
ob-havo qon bosimi past insonlar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu toifadagi
inson-
larda kislorod yetishmovchiligi oqibatida quyidagi belgilar kuzatiladi: qonning oqish tezligi,
puls
susayadi;
nafas olish qiyinlashadi,
bosh aylanishi, ko‘ngil
aynishi, holsizlik yuzaga keladi.
Atmosfera bosimi pasayganida qon bosimi past inson-
larga quyidagi tavsiyalar beriladi: dush qabul qilish,
ko‘proq suyuqlik ichish, to‘yib uxlash.
Antisiklon vaqtida esa qon bosimi yuqori
bo‘lgan insonlarning yurak urishi tezlashadi,
boshi og‘riydi, holsizlanadi. Bunday in-
sonlar atmosfera bosimining o‘zgarishi
tufayli sodir bo‘lish ehtimoli bo‘lgan
noxush holatlarning oldini
olishni bilishlari lozim.