143
10-bob. HARAKAT VA KUCH
Pufak nima uchun kengaydi?
Pufakdagi teshiklardan suvning otilish sababini tushuntiring.
Idishga quyilgan har qanday suyuqlik idish devorlariga bosim beradi.
Insonlarda qon-
tomirlari ichida oqayotgan qon ularning devorlariga bosim beradi.
Tinch holatdagi gaz va suyuqlikdagi bosim
gidrostatik bosim deyiladi.
Gidrostatik bosimdan
domkrat va gidravlik pressda, avtomobillarning
tormoz tizimida,
suv minoralarida foydalaniladi.
Manometr (yunoncha
mano – “oqish” va
metreo – “oʻlchayman”) –
suyuqlik yoki gaz
bosimini oʻlchaydigan asbob.
G‘avvoslar okean va dengizlarda hayvonot hamda o‘simlik dunyosini o‘rganadi. G‘av-
voslar suv tubiga tushgan sari ularga suv tomonidan bosim ta’sir ko‘rsatadi. Suv ostidagi
bosimni aniqlash muhimdir. Suv ostidagi bosim suyuqlik chuqurligiga bog‘liq bo‘ladi. Okean
va dengizlarda chuqurlik ortgani sari tashqi bosim ham ortadi. Shu bois g‘avvoslar
dengiz chuqurliklaridan suv yuzasiga birdan ko‘tarilib chiqishlari mumkin emas.
Buning
sababi g‘avvoslar bosimning
keskin kamayishi tufayli Kesson deb ataluvchi kasallikka
chalinishlari mumkin. Bu kasallik ba’zan halokatli oqibatlarga olib keladi.
Kesson kasalligi asosan gʻavvoslik
ishlarini bajargach,
yuqori bosimdan birmuncha
past bosimli muhitga oʻtish qoidalari buzilishidan kelib chiqadi. Kesson kasalligida boʻgʻim
va muskullar ogʻriydi, bemorning boshi aylanadi, qulogʻi shangʻillaydi, qayt qiladi, muvozanat
saqlay olmay qoladi.
1. Gidrostatik bosim inson tanasida ham mavjudmi?
2. Suv o‘simliklari rivojlanishida gidrostatik bosim qanchalik muhimligini tushuntiring.
a)
b)